Monitor tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak

Kompyuter bilan ishlaganda asosiy ko‘zni toliqtiruvchi narsa bu — monitordir. Chunki siz, protsessor yoki operativ xotiraga qarab ishlamaysiz, faqat monitorga qaraysiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, monitor foydalanuvchiga qulay bo‘lishi lozim.

Bu maqolada, aynan monitorni qanday tanlash kerakligini ko‘rsatib o‘taman(tanlov faqat monitorning LCD turi bo‘yicha amalga oshiriladi), bunga jiddiy e’tibor berish kerak zero bu qurilma arzon ham emas. Demak, monitor sotib olishda quyidagi parametrlarga e’tibor berish kerak(monitor turlari haqida).

1. Ekran o‘lchami. Dastlab monitor ekraniga e’tibor bering, bu parametr dyumda o‘lchanadi va diaganal bo‘yicha hisoblanadi(1 dyum = 2.54 sm). Katta o‘lchamdagi monitor kinolar ko‘rish, o‘yinlar o‘ynash,  bir necha oynalar bilan bir paytda ishlash jarayonida juda qulay hisoblanadi, lekin katta o‘lchamdagi monitor katta elektr energiyasini talab qiladi, undan tashqari quvvati katta videokarta ham kerak bo‘ladi.

olcham_monitor_1

Agar kompyuter biroz eskiroq bo‘lib, 24 dyumli monitor ulasangiz, biroz qotib qolishlarni ko‘rishingiz ham mumkin. Doimiy ishlash uchun, 18-18,5 dyumli monitor mening fikrimcha eng yaxshi variant, agar haqiqiy o‘yinchi(geymer) bo‘lishni istasangiz, 27 dyumliligini oling, lekin qimmat turadi.

2.  Monitor formati. Hozirgi kunda asosan quyidagi formatlar mavjud: 4:3, 5:4, 16:9, 16:10. Bu formatlar monitor o‘lchamlarini ham anglatadi, 4:3 va 5:4 formatlar kvadrat ko‘rinishga ega bo‘lib, bunday formatli monitorga talab katta emas. 16:9, 16:10 formatdagi monitorlar keng formatli(широкоформатные) monitor hisoblanadi, ularning bo‘yi, uzunligiga qaraganda kichikroq o‘lchamga ega.

monitor_format

Keng formatli monitorlarda kinolar ko‘rish juda qulay hisoblanadi,  past va yuqori qismida qora lenta paydo bo‘lmaydi. Ko‘p o‘yinlar ham aynan keng formatli monitorlar uchun mo‘ljallangan. Kvadrat monitorlar asosan ofis ishlari uchundir. Demak qilinadigan ishga qarab bu xarakteristika tanlanar ekan, menga qolsa albatta keng formatli monitorni olar edim.

3.  Ekranga ruxsat etilgan maksimal o‘lcham(разрешение экрана). Ekran o‘lchami pikselda o‘lchanib, xarakteristikada gorizontal va vertikal piksellar soni yoziladi. Misol uchun, 1920×1080. Bu degani, 1920 ta gorizontal, 1080 ta vertikal piksellar mavjud. Piksellar soni qancha katta bo‘lsa, monitordagi ob’yektlar shuncha aniq bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, yodda tutish lozim, katta o‘lchamdagi monitorlar(misol uchun 1600×1200)da aniqlik katta lekin, ob’yektlar kichikroq ko‘rinishda bo‘ladi, kichik o‘lchamdagi monitorlarda esa, aniqlik kamroq, lekin ob’yektlar katta ko‘rinishda bo‘ladi, yana sozlashga ham bog‘liq.

monitor_razresheniya

Hozirgi kunda, ko‘p monitorlarda bu xarakteristika monitorga yozilib chiqilmoqda. Bu tanlov uchun qulaydir. Odatda quyidagi standart bilan ish olib borish mumkin:

19 dyuym ekran uchun(3:4): 1280×1024 piksel

20dyuym ekran uchun(3:4): 1600x1200piksel

22dyuym ekran uchun(16:9): 1680x1050piksel

24dyuym ekran uchun(16:9): 1900x1200piksel

Video fayllarning formati quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi:

DV(SD)720×576

HD        — 1280×720

Full HD 1920×1080

4. Ko‘rinish burchagi(углы обзора).  Siz monitordagi ob’yektlarni ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan maksimal burchak. Shu burchakdan ko‘rinish o‘zgarsa, monitordagi ob’yektlar yomon ko‘rinishi yoki umuman ko‘rinmasligi mumkin. Eng yaxshi burchak(effiktiv) 180 gradusdir, ya’ni 180 gradus orqali monitordagi ob’yektlarni ko‘rish mumkin. Bu parametr har xil: 178, 170, 160 vahakazo.

gradus_monitor

Demak, iloji boricha 180 gradus ko‘rinish burchagini olishga harakat qilish lozim.

5.  Suyuq kristal matritsaning turi.  Monitor asosi(LCD)suyuq kristallardan tashkil topgan, barcha shu tipdagi monitorlar bitta texnologiya bo‘yicha yaratilgan(TFT — Thin Film Transistor), lekin bundan boshqa yana qo‘shimcha texnologiyalar ham kiritilgan. Bu texnologiyalar quyidagilar:

TFT IPS(versiyalari — TFT S-IPS, TFT H-IPS, TFT UH-IPS, TFT E-IPS, TFT P-IPS). Grafik va o‘yin o‘ynovchilar uchun qo‘shimcha kiritilgan texnologiya. Bu turdagi matritsalarning ko‘rinish burchagi katta, ranglar aniq, shu sababli qimmatroq.

TFT MVA (versiyalari: TFT PVA, TFT S-PVA). YUqoridagiga qo‘shimcha ravishda, aniqlik darajasi va «kontrastnost» yuqori.

TFT TN (Twisted Nematic). Dastlabki texnologiyalardan biri, kamchiligi yetarli darajada, aniqlik darajasi kam va «bit piksellar» paydo bo‘lishi mumkin, lekin arzonroq.

Tanlov jarayoniga kelsak, albatta TFT IPS eng keng tarqalgani va yaxshisidir.

6. Javob qaytarish vaqti(время отклика). LCD monitorlar suyuq kristallardan iborat, kristallarning harakati oqibatida monitordagi tasvirlar o‘zgaradi. Bu o‘zgarish uchun ma’lum bir vaqt talab qiladi, shu vaqt qancha kichik bo‘lsa, tasvirlarning almashinishi shuncha tez va bilinmas  bo‘ladi. Agar kristallar o‘zgarishiga biroz ko‘p vaqt talab qilinsa, qandaydir qolib ketishlar bo‘lishi mumkin(baribir unchalik sezilmaydi). Bu xarakteristika aynan, kristallarning o‘zgarishiga ketadigan vaqtidir.

monitor_6

2-8 ms oraliqni ko‘z ilg‘amaydi, bemalol bunday ko‘rsatkich bilan olish mumkin.

7. Monitor ulanishi mumkin bo‘lgan portlar. Monitorni ulash mumkin bo‘lgan eng asosiy portlarning mavjudligi, siz uchun eng asosiy portlar: HDMI, DVI, agar biroz eskiroq  videokarta bo‘lsa VGA. Zamonaviy monitorlarga USB Portlari ham o‘rnatilmoqda. Eng asosiysi HDMI port bo‘lishi lozim(zamon talabi), bu port raqamli signallar bilan ishlaydi.

8. 3D grafiklar bilan ishlay olishi, bu sizning ixtiyoringizga bog‘liq. Shuni bilinki, hozirgi zamonaviy kinolar 3D formatda chiqmoqda. Bu unchalik muhim xarakteristika emas.

YUqoridagilardan tashqari yana bir necha xarakteristikalar mavjud, ular haqida yozmaslikka qaror qildim, shularning o‘zi yetadi.

Brand turlariga kelsak, albatta bu sizning ixtiyoringiz, brand uchun pul to‘lash manimcha…

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Happy:

    Salom
    Zo’r maqola chqibdi, raxmat
    Siz qanday turidan foydalanasiz? Ko’p Notebook larda Monitorga yon tarafdan qaralganda qorayib ketadi bu monitorning qanday turi hisoblanadi

  2. Predicted that does cheap cialis come in liquid form paid for privacy from from the.

  3. Your book there cialis online pharmacy is for a generic cover, left, to return, they rely on more expensive.

  4. Generic cheap cialis Paypal Payment, Top Offering, Best Prices For All Customers!

  5. Saidkamol:

    Oka agar komyuter ustida Энергоосберегаюшый режим chiqsachi bu nimadan?

  6. cheapest cialis on the net, must not be used in men with cardiac disease for whom sexual activity is inadvisable.

  7. Xushnud:

    Monitor sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak, pixeligami.

  8. What Should the buy cialis and levitra viagra online brand State Pay For in Foster Care Adoptions?

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *