Notebook’dan to’g’ri foydalanish bo’yicha maslahatlar

Hozirgi kunda, statsionar kompyuterlardan ko‘ra, notebook(netbook)lardan keng foydalanilmoqda. Universitet talabalari notebook’larsiz o‘zlarini tasavvur qila olishmayapti. Toshkent ko‘chalarida(boshqa viloyatlarda bilmiman, chunki bo‘lmaganman) notebook ko‘tarib yurish odat tusiga kirib qoldi.

Agar bu qurilma inson vaqtini tejasa va undan foyda kelsa, albatta uni ko‘tarib yurishga arziydi, aks holda, oddiy statsionar kompyuter ishlatgan foydaliroq.
Chunki notebook ishlatganda, bir necha qoidalarga rioya qilish kerak, aks holda o‘z qurilmangizdan tez ajralib qolishingiz mumkin, eng yaxshi holatda uni tashkil etuvchilari yaroqsiz bo‘lib qolish ehtimoli katta. Demak, notebook ishlatsangiz quyidagi maslahatlarga amal qiling.

1. Notebook’ni quruq, namgarchilik yuqori bo‘lgan honalarda ishlatish tavsiya qilinmaydi, iloji boricha havo aylanadigan xona bo‘lgani yaxshi.

2. Simlardan ogoh bo‘ling, notebook’ka ulangan printer, skaner qurilmalari simlariga e’tiborliroq bo‘ling, agar ularni ilib olsangiz, notebook aniq stoldan tushib ketadi, bu esa uni yaroqsiz holga olib kelishi mumkin.

3. Notebook oldida suyuqliklar turishini oldini oling, agar notebook klaviaturasiga to‘kilib ketsa, aniq klaviatura ishlamaydi, bu tajribadan o‘tgan holat, keyin notebook klaviaturasini almashtirishingiz kerak bo‘lib qoladi.

notebook_cofe

4. Havo aylanishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ying. Notebook ustida, yonida va tagida teshikchalar bo‘lib, bu yerdan notebook elementlarini sovutish natijasida chiqqan havo  chiqib ketishi kerak(kuller paydo qilgan havo), agar bu havo yo‘lini yopib qo‘ysangiz, notebook qizishni boshlaydi va kullerlar elementlarni sovuta olmaydi va ular ishdan chiqadi.

5. Notebook’ni qattiq va tekis joyga qo‘yib ishlating, bu yuqoridagi tavsiya bilan tushuntiriladi. Agar notebook’ni qiyshiq yoki yumshoqroq joyga qo‘ysangiz, havo chiqadigan joyini yopib qo‘ygan bo‘lasiz va notebook qizishni boshlaydi, bu holat ham boshdan o‘tgan. Notebook qo‘yish uchun, maxsus stollar chiqqan, ularni ishlatish qulay va xavfsiz.

notebook_table

6. Notebook’ni doimiy ravishda elektr manbaiga ulab qo‘ymang, bu uning batareyasini ishdan chiqishiga olib keladi. Batareya to‘lgandan so‘ng, uni elektr tokidan uzib qo‘ying, agar yana tugab qolsa, yana elektr manbaiga ulang. Shuni ham aytish lozimki, baribir batareya ishdan chiqgandan keyin, notebookni elektr manbaidan uzmagan holda ishlatasiz, odatda batareya 3, 4 yilda ishdan chiqadi.

7. Notebook statsionar kompyuterga qaraganda nozikroq bo‘ladi, shuning uchun notebook’dagi kerakli hujjatlarni nusxasini olib qo‘ying.

notebook_backup

8. Notebook displeyini «sizlab» ishlating, juda ehtiyot bo‘lib, chunki displey matritsalari sezuvchan bo‘ladi va ishdan chiqish ehtimoli bor. Displeyni artishda ham maxsus suyuqliklardan foydalaning, tarkibida spirt bo‘lmasin va mahsus materiallar orqali displeyni tozalang(monitorni to‘g‘ri parvarish qilish haqida).

9. DVD qurilmasini ochiq holda qoldirmang,  bu holda uni sinib qolish ehtimoli 90%. Bilmasdan sal bosib olsangiz, DVD qurilmasidan ayrilasiz. Shu joyi juda noqulay ishlangan.

notebook_dvd

10. Notebook’ni shundayligicha ko‘tarib yurmang, albatta, o‘z sumkasida olib yuring, bu sumka ishlanishida xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan bo‘lishi shart.

notebook_sumka

11. Notebook’da changlar yig‘ilishiga ahamiyat bering. Klaviautura tugmalarida, havo chiqadigan teshiklarda umuman chang bo‘lmasligiga erishing.

12. Elektr tokini keskin oshish yoki kamayishini nazorat qilib boring, bu nafaqat notebook, balki, oddiy statsionar kompyuter elementlarini ishdan chiqishiga olib keladi.

13. Ishlayotgan notebook’ni boshqa joyga ko‘chirishda, ehtiyot bo‘ling, ishlayotgan vinchester disklari oriyentatsiya o‘zgarganda ishdan chiqishi mumkin.

14. Notebook’ni quyosh nurlari tushadigan joyda qoldirmang, bu displey matritsalarini so‘nishiga olib keladi.

15. Notebook’da kuchli kompyuter o‘yinlarini o‘ynamang, bu qurilma o‘yin o‘ynash uchun emas, buning natijasida siz notebook batareyasini tez ishdan chiqarasiz(o‘zimdan o‘tgan). Yaxshi batareya arzon emas, shuni inobatga oling.

16. Internetdan fayllar ko‘chirib olishni notebook orqali kechasiga qoldirmang, bu ham batareya bilan bog‘liq. Chunki kechasiga albatta notebook’ni elektr manbaiga ulab uxlaysiz, bu degani notebook kamida 8 soat elektr manbaida turadi deganidir. Bu orqaliq juda uzun va elektr tok bilan har hil hodisalar(keskin ortishi. tushib ketishi) yuz berishi mumkin.

YUqoridagi maslahatlarga rio qilsangiz, notebook’ingizni ancha vaqt ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Abdurauf:

    Rasa bosh og’rig’ikan undan ko’ra kottaro planshet ishlatgan ancha yaxshi bo’b qoldi notbukga qaraganda

  2. Noutbukni orniga telefon yahshikanda undan kora

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *