Qanday qilib qattiq disk defragmentatsiya qilinadi

Defragmentatsiya nima va qachon bu ishni amalga oshirsh kerakligini, oldingi maqolada tushuntirib berishga harakat qildim. Nazariy jihatdan biroz bo‘lsa ham ma’lumotga ega bo‘ldik, endi shu ishni amaliy ko‘rsatib o‘taman.

Disklarni defragmentatsiya qilishni windows utilitasi orqali ham yoki biror boshqa utilita orqali ham amalga oshirish mumkin. Maqolada ikkalasini ham ko‘rsatib o‘taman.

Windows 7 operatsion tizimida disklarni defragmentatsiya qilish uchun, quyidagilar amalga oshiriladi.

1. Defragmentatsiya utilitasi chaqiriladi:

Пуск -> Все программы -> Стандартные -> Служебные -> Дефрагментация дискa

Hosil bo‘lgan oynadan, defragmentatsiya qilish kerak bo‘lgan disk tanlanadi va «Дефрагментация диска«tugmasi bosiladi.

defrag_1

Shundan so‘ng, bu utilita diskni tahlil qilib chiqadi(analiz) va defragmentatsiyani boshlaydi. Defragmentatsiya bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.

defrag_2

Bu utilita orqali qilingan ish bo‘yicha hisobotni chiqarishni topa olmadim, manimcha hisobot berilmaydi.

Defragmentatsiyani biror vaqt oralig‘ida ishga tushirish kerakligini berib qo‘yish mumkin, uning uchun «Настроить расписание«tugmasi bosiladi va kerakli vaqt o‘rnatiladi.

defrag_3

Bu utilitani «Командная строка«orqali ham ishga tushirish mumkin. Uning uchun bu oynani ochamiz(пуск -> выполнить -> cmd)va quyidagi buyruqni teramiz.

defrag C: /U

bu buyruq C diskni defragmentatsiya qiladi va «U» kalit so‘zi orqali, qilinayotgan ishlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Qolgan kalit so‘zlarni bilish uchun «defrag» buyrug‘i teriladi va kerakli kalit so‘zni topib, ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.

TuneUp utilitasi orqali ham disklarni defragmentatsiya qilish mumkin. TunuUp haqida ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, Kompyuterni optimizatsiya qilish uchun utilitalar yig‘indisi — TuneUp Utilities nomli maqolani o‘qishingizni maslahat beraman.

TuneUp’ning «TuneUp Дефрагментация Диска» funksiyasi orqali, disklarni defragmentatsiya qilish mumkin. Utilitaning, «Дефрагментация Диска» funksiyasi ishga tushiriladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi va defragmentatsiya uchun disk tanlashingiz mumkin bo‘ladi.

tune_up_11

Disk tanlangandan keyin, shu disk analiz qilinadi, bajariladigan ishlar grafik orqali ko‘rinib turadi.

tune_up_1

Analiz qilinib bo‘lgandan so‘ng, defragmentatsiya qilish kerak yoki qilish kerak emasligi haqida axborot beriladi va grafik orqali ko‘rsatiladi.

tune_up_2

Kerakli punkt tanlanadi va defragmentatsiya boshlanadi(agar kerak bo‘lsa).

Bu utilitadan boshqa yana juda ko‘p utilitalar mavjud(Auslogics Disk Defrag, WindowsDefrag, Defraggler), lekin ishlatib ko‘rganim faqat shu utilita.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *