Qanday qilib qattiq diskni(HDD, vinchester) xatolarga(bad sector) tekshirish mumkin?

Qattiq disklar(HDD, vinchester) kompyuterning asosiy xotira qurilmasi bo‘lib, u yerda sizga juda-juda kerakli fayllar saqlanadi. Ularni o‘chib ketishi, sizning asab tolalaringizga zarar yetkazadi, ba’zi hollarda hattoki o‘z qiziqishlaringiz va kasbingizni ham almashtirishga olib keladi. Shunday ekan, kerakli fayllaringizni bir necha nusxalarda va bir necha joylarda(CD yoki DVD disklarda, fleshka va tashqi qattiq disklarda) saqlang.

Qattiq disklar ma’lum bir sektorlarga bo‘linadi va ular o‘z navbatida ma’lum bir bloklarga. Bu sektor va bloklarga zarar yetishi, to‘liq qattiq diskni ishsiz holatga olib keladi. Agar bloklar minimum(juda kam miqdorda) zarar ko‘rsa, qattiq disk o‘z ishini davom ettiraveradi, lekin har xil xato va qotishlar yuzaga keladi. Bularni oldindan bilish juda muhim, chunki buzilgan blok(bad block) va/yoki sektorlarni(bad sector) oldindan bilgan holda butun qattiq disk tez orada to‘liq ishdan chiqishini bilib, fayllarni boshqa joyga olib qo‘yish imkoni bo‘ladi.

Qattiq disk ishlashida xotolar chiqsa yoki qandaydir qo‘pol ovozlarni eshitsangiz, undan tashqari aynan qattiq disk sababli qotishlar yuzaga kelsa, bilinki, yaqinda qattiq diskingizdan ayrilasiz.

Qattiq disklardagi xatolarni tekshirishni bir necha usullarini ko‘rsatib o‘taman, eng asosiysi hech qanday qo‘shimcha dasturlar o‘rnatmagan holda.

1. Windows 7, Windows 8, Windows 10(aytishlariga qaraganda) mavjud bo‘lgan chkdsk utilitasi orqali. Bu utilitani Administrator ruhsati bilan ishga tushirishingiz kerak. Demak ishga tushiramiz(Windows 7’da ko‘rsataman):

Пуск -> Выполнить -> cmd ёки Win+R -> cmd

yoki

Пуск -> Все программы -> Стандартные -> Командная строка -> сичқончани ўнг томони босилади ва -> Запуск от имени Администратора

So‘ng, buyruqni teramiz:

chkdskC: /f /r

chkdsk_1

bu yerda, chkdsk utilita nomi, C disk tekshirilmoqda, «/f» xato avtomat to‘g‘irlanadi, «/r» buzilgan sektordagi axborotlarni qayta tiklashga harakat qiladi. Siz tekshirayotgan disk, aktiv holda ishlatilmayotgan bo‘lishi kerak, tekshirish davomida bu diskdan foydalanish mumkin emas, umuman bu diskni ochmang. Agar bu diskni aktiv ishlatayotgan bo‘lsangiz, bu haqida axborot ekranda chiqadi.

chkdsk_2

Tekshirish faqat, NTFS va FAT fayl tizimlari uchun ishlaydi. Qattiq disk hajmiga qarab, tekshirish ko‘p vaqt talab qilishi mumkin, chidaysiz endi.

Tekshirish tugagandan so‘ng, qattiq disk haqida umumiy ma’lumot beriladi, ya’ni tekshirish natijalari.

chkdsk_5

2. Qattiq diskni xatolardan tekshirishning, yuqoridagiga qaraganda soddaroq yo‘li ham mavjud. Buning uchun, tekshirmoqchi bo‘lgan diskni tanlaysiz va sichqonchani o‘ng tomonini bosib, «Свойства» menyusiga kirasiz va «Сервис» vkladkasi.

chkdsk_3

U yerda «Выполнить проверку» tugmasini bosasiz, va hosil bo‘lgan oynadan, agar kerak bo‘lsa, yuqoridagi punktlarni(tizim xatolarini avtomat tekshirish va buzilgan sektorlarni qayta tiklash) belgilaysiz va «Запуск» tugmasini bosasiz.

chkdsk_4

YUqoridagi usullardan tashqari, bu ishlarni quyidagi dasturlar orqali ham qilish mumkin:

Victoria HDD

HDDScan

Data lifeguard Tools

SeaTools(Seagate qattiq disklari uchun).

Tekshirishlarni qattiq disk ishlashida biror muammo bo‘lsa, yoki har 2,3 oyda bir amalga oshirib turing, albatta qanchalik ko‘p kompyuterda ishlashingizga qarab.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *