SSD disklari bilan bajarish kerak bo’lmagan 5 ta amal

Mikrosxemalardan tashkil topgan SSD turidagi qattiq disklar, aylanuvchi diskdan iborat oddiy HDD disklardan farq qiladi. Biz uchun yangiroq bo‘lgan SSD to‘g‘risida «SSD disklar haqida» nomli maqola orqali to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ba’zi jarayonlar borki, ularni SSD disklarda qilib bo‘maydi, aksincha oddiy HDD disklarda qilish foydali bo‘ladi. Maqolada, SSD disklarida bajarish tavsiya qilinmaydigan jarayonlar haqida yozib o‘taman.

1. SSD disklarini defragmentatsiya qilmang. Nima sababdan defragmentatsiya qilish kerakligi haqida, ushbu maqolada o‘qishingiz mumkin. Ma’lumki, SSD disklarida yozish davomiyligi chegaralangan, bu chegarani kamaytirish hech kimga kerak emas, undan tashqari devragmentatsiyadan keyin SSD disklarini tezroq ishlashini sezmaysiz ham. Defragmentatsiya jarayonida, bloklar o‘chiriladi, boshqa bloklarga yoziladi, xullas bloklar bilaan ishlanadi, bu SSD disklari uchun tavsiya qilinmaydi. HDD disklarida bu jarayon diskni ishlashini ancha tezlashtiradi(HDD disklarini defragmentatsiya qilish), qattiq disk ichidan ma’lumot o‘qilaytganda, disk bo‘ylab sakrab-sakrab yurilmaydi, ma’lumotlar tartiblangan bo‘ladi. SSD  disklarida esa, HDD disklariga o‘xshab mexanik harakat qilinmaydi, shuning uchun defragmentatsiya SSD disklari uchun emas.

ssd_in

2. SSD disklariga eski operatsion tizimlarni (Windows Xp, Windows Vista) o‘rnatmang. Kamida Windows 7 bo‘lishi kerak, chunki eski tizimlarda TRIM funksiyasi mavjud emas, bu funksiyasiz, vaqt o‘tishi bilan SSD disklari sekin ishlashni boshlaydi.

TRIM — qisqa qilib yozadigan bo‘lsam, bu funksiya aynan SSD disklari uchun chiqarilgan bo‘lib, Windows 7 tizimidan boshlab foydalaniladi. Bu funksiya, ishlatilmayotgan bloklar haqida SSD diskka habar beradi, ya’ni operatsion tizim SSD diskka to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, ishlatish mumkin bo‘lgan bloklar haqida axborot beradi. Shu orqali ishlash unumdorligi oshiriladi.

3. SSD disklarini oxirigacha to‘ldirmang. Bu degani, SSD diskda bo‘sh joy qolsin, aks holda uning ishlashi sekinlashadi. Bu quyidagicha tushuntiriladi: diskning katta qismi to‘lganidan so‘ng, qolgan qismiga yozish uchun(bu oxirigacha yozilmagan blok bo‘ladi), oldin yozilgan blokni o‘qish kerak bo‘ladi, bu blokda qolgan joyni analiz qilib, yangisini shu blokka yozadi. Bu degani oldin blok ochiladi, qancha bo‘sh joy borligi analiz qilinadi, keyin yangi ma’lumot yoziladi deganidir. Qisqa qilib tushuntiradigan bo‘lsam, bo‘sh blokka yozish, bir qismida ma’lumot yozilgan blokka yozishga nisbatan ancha tez yoziladi. SSD diskni 75%  gacha to‘latish yetarli bo‘ladi.

ssd_out

4. SSD disklariga yozishni kamaytiring. Bu disklardan asosan o‘qish uchun foydalanish foydali bo‘ladi. Operatsion tizim o‘rnatib, undan o‘qish, tizimni tez yuklanishiga olib keladi. Bu diskdan fayl server sifatida foydalanish unchalik yaxshi fikr emas.

5. Katta hajmdagi fayllarni bu diskda saqlamang. Bu disk qimmat hisoblanadi, shuning uchun undan oqilona foydalanish kerak. Arxiv fayllar saqlanadigan joy emas. Bu diskni tezligidan foydalanish kerak. Misol uchun, musiqa eshitish, kino ko‘rish uchun bu diskni ovora qilish shart emas, bular uchun katta tezlik umuman kerak emas. Shunday ekan, tezlik juda muhim bo‘lgan hollarda bu diskdan foydalaning. Misol uchun, tizim yuklanishida, kuchli o‘yinlar o‘ynashda(geymerlar uchun), dasturlar  tuzishda, katta hajmdagi dasturlarni ishlatishda.

SSD diskdan noto‘g‘ri foydalanishni, iPhone 6 yoki Samsung Galaxy S6 sotib olib, faqat aloqa qilishda foydalanib yurishga qiyoslash mumkin(qolgan funksiyalarini ishlatmasdan yurish).

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *