Web camera tanlashda e’tibor beriladigan xarakteristikalar

Internet tezligi oshgan sari, foydalanuvchilarning talabi ham ortib bormoqda. Shunday talablardan biri, videoaloqani o‘rnatishdan iborat. Videoaloqani amalga oshirish uchun web kamera kerak bo‘ladi, bu qurilma oddiy kamera singari ishlaydi va videoaloqani o‘rnatib beradi. Maqolada, web kamera sotib olishda nimalarga ahamiyat berish kerakligini yozib o‘taman.

Demak, web kamera tanlashda, uning quyidagi parametrlariga yaxshilab ahamit bering.

camera_1

1. Matritsa turi. Eng asosiy ahamiyat beriladigan xarakteristika bo‘lib, videoaloqa o‘rnatish sifatini belgilaydi. Hozirda 2 xil turdagi matritsa mavjud: CCD, CMOS. Agar siz uy sharoitida vedeoaloqani o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, sizga oddiy arzonroq CMOS matritsali web kamera ham bo‘laveradi. Agar siz professional ishlar uchun(har xil konferensiyalar) web kamerani ishlatmoqchi bo‘lsangiz, unda sizga CCD matritsali kamera kerak bo‘ladi.

2. Matritsa o‘lchami. Bu xarakteristika orqali siz qanday o‘lchamda(разрешения) videoaloqani o‘rnatishni belgilaysiz, o‘lcham deganda gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi piksellar soni tushuniladi. Qanchalik katta bo‘lsa, shuncha aniq bo‘ladi. Quyidagi asosiy qiymatlar mavjud:

640×480 piksel 0,3Mpx — (VGA)

1280×1024 piksel1,3Mpx — (HD)

1920×1080 piksel 2,0Mpx — (FullHD)

Hozirgi kunda eng hamyonbop va internet tezlikka mos kamera 1,3Mpx o‘lchamligidir.

3. Sezish qobiliyati. Bu xarakteristika qanchalik yorug‘ bo‘lganda, kamera olishi yaxshi bo‘lishini belgilaydi. Bu matritsa turiga bog‘liq, agar sizning matritsangiz CCD tipida bo‘lsa, biroz yorug‘ bo‘lsa ham, yaxshi sifatda oladi. Agar CMOS matritsa bo‘lsa, videoaloqa yaxshi bo‘lishi uchun, yorug‘roq xona bo‘lishi lozim. Bu parametr «lux«da o‘lchanadi.

camera_2

4. Soniyadagi kadrlar soni. 1 soniyada qancha kadr olishi. Video, rasmlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgani uchun, soniya davomida o‘tadigan rasmlar soni ko‘proq bo‘lishi kerak. normal holat uchun, soniyada 30 ta kadr o‘tishi kifoya qiladi, undan pasti har xil surilishlar bilan video hosil qilishi mumkin, odatda bu xarakteristika chastotada o‘lchanadi va «fps» ko‘rinishida kameraga yozilgan bo‘lishi ham mumkin.

5. Fokusirovka. Ob’yektdan kameragacha bo‘lgan masofani aniqlash, odatda bu xarakteristika avtomat bo‘ladi, shunday bo‘lsa ham, bir so‘rab, tekshirib ko‘ring.

YUqoridagixarakteristikalar asosiylari hisoblanadi, ulardan tashqari quyidagilarga ham ahamiyat bering.

1. O‘rnatilishi. Monitor turiga qarab tanlanaveriladi. Iloji boricha qotirilishiga ahamiyat bering, video bo‘lgandan keyin, yaxshi qotib turishi lozim.

camera_3n

2. Interfeys. Odatda web kameralar USB port orqali ulanadi. Siz etibor beradigan yana bir narsa, ulanadigan simning uzunligi, iloji boricha uzunrog‘ini oling, chunki har xil holat bo‘lishi mumkin, kamida 1,5 bo‘lgani yaxshi.

3. Operatsion tizimga bog‘liqligi. Barcha web kameralar Windows operatsion tizimi bilan bemalol ishlay oladi. Siz faqat windows emas, boshqa, Linux, Mac operatsion tizimlari bilan ham ishlay oladimi, shulariga ham qarang, keyinchalik kerak bo‘lib qolishi mumkin.

4.  Mikrofon. Web kamerada qo‘shimcha mikrofon bo‘lgani ham yaxshi. Bitta to‘lov orqali ikkita qurilmaga ega bo‘lasiz, ishlatish ham sodda bo‘ladi. Iloji boricha mikrofonligini oling.

5. Videoeffektlar. Ba’zi web kameralarda o‘z effektlari bo‘ladi. Bu qo‘shimcha xarakteristika bo‘lib, agar kerak bo‘lsa, shundaylarini ham topishingiz mumkin.

6. Qo‘shimcha imkoniyatlar. Web kameralarda har xil effektlar, ZOOM, yaritishlarni ko‘paytirish, ranglarni moslash va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar ham bo‘lishi mumkin. Bu endi sizning didingizga bog‘liq.

Hozirgi kunda quyidagi asosiy firma web kameralari mavjud: Philips, A4Tech, Oklick, Ritmix, Hercules, HP, Microsoft, Axis, Canyon, Prestigio, MSI StarCam, Chicony, Logitech, Genius, Creative.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *