Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmog’ining asoschisi — Pavel Durov haqida faktlar

pavel_durovTelegram va Vkontakt ijtimoiy tarmoqlarining yaratuvchisi, 30 yoshida milliarder(rubl bo’yicha) bo‘lgan rossiyalik dasturchi Pavel Durov 1984 yil 10 oktyabrda tug‘ilgan.

11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. O‘sha paytlarda u dasturlashni chuqur o‘rganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning “заставка” larini dastur orqali o‘zgartirib qo‘yadi.

2006 yilda Pavel Sank Peterburg davlat universitetining filiologiya fakultetini tamomlaydi, universitetda o‘qish mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, “zahiradagi leytenant” unvoniga ham erishadi, u universitetni qizil diplomga bitirib, shu yili Vkontakt ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi.

vkontakte1

Universitetda o‘qish mobaynida u, ikkita internet proyekt yaratadi(durov.com, Spbgu.ru), ikkalovi ham o‘zining universiteti(SPbGU) va Rossiyaning boshqa universitetlari o‘rtasida referat va ideyalarni almashish imkonini beradigan proyekt edi.

Durovning o‘rtog‘i unga facebook ijtimoiy tarmog‘ini ko‘rsatadi va undan ruhlangan Pavel, Rossiyaliklar uchun facebookga o‘xshagan ijtimoiy tarmoq yaratishga kirishadi, bu proyektni dastlab u Student.ru deb nomlamoqchi bo‘ladi, keyin Vkontakt nomiga o‘zgartiradi( har bir talaba baribir o‘qishni bitiradi, ya’ni talabalik maqomidan chiqadi deb o‘zgartiradi). Vkonakte yaratilgandan so‘ng(2006 yil 1 oktyabr), bu sayt faqat barcha universitet talabalarining anketalarini saqlash uchun ma’lumotlar bazasi sifatidi ish boshlagan, keyinchalik ijtimoiy tarmoq sifatida rivojlanib ketgan.

Bu proyekt ustidan juda ko‘p shikoyatlar bo‘lgan, sud bir necha bor ish olib borgan, buning sababi, avtorlik xuquqidir ya’ni, sayt kontenti o‘g‘irlaganlik.

Pavel Durov, dasturlashga oid xar hil chempionatlarda, rossiyalik talabalar guruhlarini qo‘llab-quvvatlab, moliyalashtirib kelmoqda.

Qiziq ma’lumot, Durov 7 yoshacha «R» harfini ayta olmagan ekan.

Pavel vegeteran hisoblanadi. Undan tashqari alkogol ichimliklardan, qimmatbaho uylardan, avtomashinalardan yiroqda yurar ekan. Ishga ham metroda borar ekan, lekin sayohat qilishni kanda qilmas ekan.

O‘zining kumiri sifati Durov Apple asoschisi Stiv Djobsni bilar ekan.

Pavel 2011 yil, rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida 7.9 milliard bilan 350 o‘rinni egallagan(wikipedia).

2012 yil Digital Life Design (DLD) konferensiyasida Pavel Durov Vikipediya on-layn ensiklopediyasi uchun 1 million dollardan voz kechadi.

2012 yil 19 noyabrda “Mann, Ivanov va Ferber” nashryoti Nikolay Kononovaning “Kod Durova” deb nomlangan kitobni chiqardi. Bu kitob Vkontakt ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel Durovga bag‘ishlangan bo‘lib, xujjatlar va intervyular asosida yozilgan.

AR Films kompaniyasi, prodyusser Aleksandr Rodnyansk boshchiligida, yuqoridagi kitobni kino ko‘rinishida namoyon qilish ruxsatini oldi va bu kino 2014 yilda ommaga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

2013 yil Durov “Digital Forest” kompaniyasiga asos soladi va shu kompaniya Telegram messendjerini ommaga taqdim etadi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *