Facebook asoschisi va milliarder Mark Zuckerberg

— Facebook nomli ijtimoiy tarmoq yaratuvchisi Mark Zuckerberg 1984 yil 14 mayda AQSh ning New-York shtatida tug’ilgan.

— Garvard universiteti talabasi Zuckerberg , dastlab Facebook ijtimoiy tarmog’ini universitet yotoqxonasi (o’z xonasi)dan ommaga taqdim etgan.

— Markning ota onasi doktor, ya’ni otasi shifokor, onasi psixologdir. Ularning oilasida Markdan boshqa ya’na 3 ta qiz farzand bor.

— GQ nomli erkaklar jurnali, Zuckerbergni Kremniev o’lkasining (Palo-Alto shahri) eng didsiz kiyinadigan insoni deb tan olgan.

— 2011 yil yanvar oyida MarkZuckerbergning Facebook dagi sahifasi, notanish xaker tomonidan buziladi.

— Facebook yaratilgandan so’ng, Mark hattoki Garvard universitetini tashlab ketadi.

— Mark o’z turmush o’rtog’ini Garvardda o’qish mobaynida 2004 yil uchratadi. Uning ismi Prisstilla Chan dir.

markSu-300x200— Facebook filmidagi Mark Zuckerberg rolini New-Yorklik Djessi Ayzenberg o’ynaydi. U Markdan 1 yoshga kattadir, lekin tashqi ko’rinishi juda o’hshashdir.

— Yoshligida Mark o’zining shaxsiy kompyuteri bo’lishini orzu qilar edi. 10 yoshga to’lganida ota-onasi unga 486-y Quantex DX nomli kompyuter sovg’a qilishadi.

— Microsoft firmasi, Mark kollejda o’qib yurganida, unga qiziqish bildirishadi va o’z hodimi sifatida ko’rishini istashadi. Bunday qiziqishning sababi Markning Synapse nomli ishlab chiqgan dasturi edi. Bu dastur xit musiqalarni avtomat tartiblash vazifasini bajarar edi.

— Kollejni tamomlagandan so’ng Markni bir yo’la ikkita katta firma(Microsoft, AOL) ishga taklif etadi, lekin Mark Garvard universitetini psixologiya fakultetida o’qishni davom ettirishni tanlaydi(Ehhh man Microsoft ga ishga kirvolardim).

— 2010 yil Time jurnali Markni yil insoni deb ataydi.

— Mark shu yilning 19-may kuni 28 yoshida o’z sevgilisi Prisstilla Chan ga uylanadi. Chan ham Garvard universitetida o’qigan, faqat biologiya fakultetida. U xitoylik bo’lishiga qaramay ingliz va franstuz tillarini biladi. Mark u bilan universitetdagi bir tadbirda tanishib qolishadi.

— Mark tug’ma daltonikdir(rang ajratish qobiliyati sustroq). Shuning uchun Facebook ning asosiy rangi ko’kdir. Chunki qizil va yashil u uchun unchalik farqli rang emasdir.

— Mark Amerikalik rok guruh Green Day ning fanati hisoblanadi.

— Markning xarakteri ham o’ziga yarasha ekan. Microsoft firmasining hodimlari u bilan ertalabki soat 8 da uchrashuv belgilashadi, lekin u rad javobini beradi.Chunki u odatda bu paytda uxlar emish, undan tashqari yosh milliarderga Yahoo firmasi boshliqlari yakshanba kuniga uchrashuv belgilashadi, lekin Mark yakshanbada rejalashtirib qo’ygan shaxsiy ishlari borligini aytadi, xullas katta xajmdagi kontraktlar imzolanishi kerak uchrauvlarni ham vaqti to’g’ri kelmaganligi uchun qabul qilmas ekan.

— Zuckerberg Facebook ning 24% qismiga egalik qiladi, uning mablag’i 4 mlrd dollarni tashkil qilar ekan.(2010 yil boshi Forbes jurnali ma’lumoti).

— 2010 yil sentyabr oyida Forbes jurnali eng boy amerikalikar ro’yxatini e’lon qiladi va bunda Mark 7 mlrd dollar bilan 29 o’rinni egallaydi.

— 2011 yil Mark, Forbes ning statistikasiga ko’ra 17,5 mlrd dollar bilan 14 o’ringa ko’tarildi. Dunyo bo’yicha 40 chi o’rinlarni band etgan.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *