IP address haqida

IP adres (o’qilishi (ay-pi adres) ingilizcha Internet Protocol)- Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir.
Internet va local tarmog’idagi qurilmalar bir biri bilan IP protokoli orqali bir birini IP adreslariga ma’lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o’ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP adres ikkinchi IP adresga xabar(paket) jo’natadi va shu qonun qoida protokol deyiladi.

Bu takrorlanmas ip adres qurilmada (komputer/router(marshrut)/..) emas balki tarmoq interfeysida bo’ladi.
IP adreslarning xozirda ikki avlodi mavjud.
1. IPv4 (Internet prtocolining to’rtinchi avlodi).
2. IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).
IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo’ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP adres 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo’ladi. Ikkilik ko’rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko’rinishda yoziladi. Biz uchun bunday xolatda o’qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya’ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto’g’ri kirgazish. O’zimiz uchun qulay bo’lishi uchun o’nlik sanoq tizimiga o’tkazib foydalanamiz.
32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.

IPv6— yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega. IPv6 128 bit dan tashkil topgan bo’ladi. IPv6 ning ko’rinishi quyidagicha fe80:0:0:0:200:f8ff: fe21:67cf. Adreslar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu ip adreslar facebook.com va shunga o’xshash mashxur saytlarga o’rnatilgan.
Biz adreslarni o’nlik sanoq tizimida ishlatganimiz bilan tarmoq interfeyslari IP adresni ikkilik ko’rinishi bilan ishlaydi. Shunda IP adresning har-biri 8 bitdan iborat bo’lgan to’rtta oktetlardan tashkil topgan sonlar to’plami bo’ladi. Undagi har-bir bit o’z qiymatiga ega bo’ladi. IP adres kiritilishini quyidagi turlari mavjud
1.Static
2.Dinamic
Static ip adreslar foydalanuvchiga o’zgarmas ip adres beradi. Masalan sayt yoki biron bir server va hakozolarning egasi bo’lsangiz.
Dinamic ip adreslar esa o’zgaruvchan ip adreslar degani. Bu degani ip adreslarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo’lib qolishidan ximoyalaydi. Chuqurroq kiradigan bo’lsak, masalan internet pravayderining 4000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 1000ta foydalanuvchi ishlaydi. Demak 1000 ta ip adres yetadi degani va tarmoq administratorining vazifasini yengillashtiradi. Dinamic ip adres bir martda beriladi kompyuterning tarmoqqa qayta kirganda unga yangi ip adres beriladi. Bu degani, tarmoqqa ulangan har bir kompyuter, qayta ulanishni amalga oshirganda,  har gal har xil IP adres oladi.

IP adreslar tarmoqda foydalanishiga ko’ra ikki xil buladi.
1. global (real, beliy, oq)
2. local (seriy)
Lacol ip adreslar global tarmoqda ishlatilmaydi va bu ip adreslarga global ip adres orqali kirib bo’lmaydi va xafsizlik taminlanadi. Quyida lokal adreslarning ro’yhati keltirilgan, ular cheklangandir.

10.0.0.0 — 10.255.255.255,
172.16.0.0 — 172.31.255.255,
192.168.0.0 — 192.168.255.255
127.0.0.0 – 127.255.255.255

Qolgan barcha ip adreslar glabal tarmoqda foydalaniladi.
Kompyuterimizning IP adresini aniqlash uchun Windows da ПУСК=>Выполнить..=>CMD=>IPCONFIG
Windows IP Configuration.
ОС Unix da, o’zining IP-manzilini bilish uchun, buyruqlar satrida ipconfig buyrug’ini terib bilish mumkin.
Domen nomidagi IP-manzilni nslookup buyrug’i orqali bilish mumkin.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. siz joylagan ma’lumotlar juda ham kerakli ma’lumotlar ekan, lekin ularga yangi malumotlar joylab borishni ko’paytirsangiz foydalanuvchilarga kengroq imkoniyatlar yaratgan bo’lar edingiz.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *