Windows operatsion tizimida ishlatiladigan tarmoqqa oid asosoiy 6 ta buyruq

Anchadan beri tarmoq administratorlari uchun maqola yozmagan edim, shu sababli ushbu maqolani aynan ular uchun yozmoqchiman, maqola tarmoq administratorlikni endi boshlaganlar uchun juda foydali bo‘ladi, professinallar uchun balki qaytarish, balki nimadirni eski tushirish uchun xizmat qilsa kerak.

Tarmoq qurilgandan so‘ng, uni nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi. Boshlovchi administratorlar, qurilgan tarmoqni nazorat qilishda, tayyor dasturlardan foydalanishadi, bu bir hisobda to‘g‘ri, lekin operatsion tizimning o‘z buyruqlari bo‘lganda, qo‘shimcha dasturni o‘rnatish, ortiqcha ish bo‘lsa kerak.

Xo‘sh, tarmoqni nimalari nazorat qilinadi, yoki tarmoqni nimalarini bilish lozim(agar tarmoq qurishda qatnashmagan bo‘lsangiz)? eng asosiysi, tarmoq administratori  lokal tarmoqdagi adreslarni, ular bilan aloqa mavjudligini, ishlatilayotgan portlarni, boshqa lokal tarmoqlar ulangan bo‘lsa, ulargacha bo‘lgan marshrutlarni bilishi shart. Maqolada, Windows operatsion tizimining «Командная строка» oynasi orqali, yuqorida qo‘yilgan savollarga javob beruvchi buyruqlarni ko‘rsatib o‘taman. Dastlab, » Командная строка» oynasini ochib olamiz, bu ishni qilishni ikki usulini ko‘rsatib o‘taman(Windows XP, Windows 7, Windows 8):

1. Win+R tugmasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynaga cmd buyrug‘i terilib, Enter tugmasi bosiladi.

2. Пуск -> Все программы -> Стандартные -> Командная строка

cmd_1

Endi, tarmoq administratori bilishi shart bo‘lgan asosiy buyruqlar bilan tanishamiz:

1. Ipconfig

ipconfig_2

Bu buyruq orqali nimalarni ko‘rish mumkin:

Kompyuter mantiqiy adresi: IPv4-adres…192.168.100.37

Mantiqiy adres maskasi: Маска подсети…255.255.255.0

Asosiy shlyuz(marshrut adresi): Основной шлюз: 192.168.100.1

1.1 ipconfig/all

bu buyruq orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin, asosiylari

quyidagilar:

tarmoq kartasi fizik adresi(Mac adres): Физический адрес…74-56-21-A5-…

kompyuter nomi: Имя компьютера…test

DHCP va DNS xizmatlari yoqilgan yoki yoqilmaganligi haqida

2. ipconfig /flushdns

Agar sizning kompyuter DNS xizmat orqali mantiqiy adres olayotgan bo‘lsa(IP adres), DNS server sozlashlarini o‘zgartirsangiz(ma’lum bir sabablarga ko‘ra, misol uchun ERR_DNS_FAIL yoki RR_NAME_RESOLUTION_FAILED nomli xatolar chiqsa), sizning kompyuter eski adres bilan ishlashni davom ettirishi mumkin, sababi kesh xotirada shu adres saqlanib qolgan bo‘ladi, bu buyruq orqali, kompyuter nomlari(adreclari) saqlanadigan kesh xotira tozalanadi.Bu buyruq DNS xizmat bilan ishlashda foyda beradi.

3. ping

Ma’lum bir kompyuter bilan fizik aloqa mavjudligini tekshirib beradi. Bu buyruq bilan oldingi maqolalarning birida tanishgan edik, ma’nosi fizik ulanish mavjudligini aniqlash.

Agar aloqa mavjud bo‘lsa,

ping_3

aloqa mavjud bo‘lmasa

ping_4

Undan tashqari bu buyruq orqali biror saytning adresini ham bilish mumkin(albatta kompyuter internetga ulangan bo‘lsa)

ping_5

4. tracert

tracerout_6

Biror uzelgacha bo‘lgan marshrutni paketlar jo‘natish va qabul qilish orqali ko‘rsatib beradi, u yerga borish uchun qanday adreslar orqali o‘tish kerakligini. Uzel sifatida biror sayt yoki boshqa tarmoqdagi biror kompyuter ishlatilishi mumkin. Undan tashqari har bir oraliqda paketlar qanday tezlikka erishganini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

5. netstat-an

netstat

Kompyuterni tarmoqdagi statistikasini beradi, ya’ni, kompyuterdagi barcha ochiq portlar(ochiq portlar orqali kompyuterga kirishni amalga oshirish mumkin, har xil protokollar orqali), ulanish amalga oshirilgan boshqa kompyuter manzillari.

6. getmac

fizik adres — mac adres haqida ma’lumot olish.

Tarmoq haqidagi asosiy buyruqlar shulardan iborat, bu buyruqlarni ma’lum bir kalit so‘zlarlar orqali to‘liq ishlatish mumkin, qanday kalitso‘zlar ishlatish kerakligini buyruqning o‘z qo‘llanmasidan aniqlashingiz mumkin, misol uchun ipconfig buyrug‘i kalit so‘zlarini aniqlaymiz:

ipconfig /?

«/?» shu simvollar orqali barcha buyruqlarni qo‘llanmasini chiqarish mumkin.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Sherzod:

    Menga berilgan mavzular yoqdi. menda faqat internet tushunchasi mavjud edi. Bularni o`qib yanada bilimim boyidi.

  2. Soyibjon:

    komandniy strokadan panel upravleniyani ochishning iloji bormi

  3. from:

    Walmart Pharmacy And cialis from india: Instant Shipping, Best Prices For All Customers!

  4. Perfig is cialis sale sublingual reviews for men the.

  5. You don’t have prescription for cheap cialis online Soft but need to get one?

  6. Incidentally I have been ordering Viagra and cialis cheap overseas not for the first month.

  7. are internet payday loans legal in nebraskas a month, if you can get a prescription for those amounts.

  8. ten:

    Incidentally I have been ordering top ten personal loan lenders and Cialis not for the first month.

  9. The termLasik stands for cash loans in tongaat viagra viagra viagra viagra viagra with quiet salary.

  10. Funny best dose for daily buying cialis in mercury drugs vessels are found to more evident and stressed.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *