Qanday qilib kontekst menyuga ko’p ishlatiladigan dasturlarni qo’shish mumkin

Kompyuterda ishlashni tezlashtiradigan usullarni ko‘rsatishni davom ettiraman. «Windows muhitida HotKeys» nomli maqoladan xulosa qilgan holda kompyuter bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, ishlash tezligingiz kamida 20% ga tezlashgan bo‘ladi.

Bu maqola orqali, tezligingizni kamida 10% ga oshirishingiz mumkin bo‘ladi, agar to‘g‘ri xulosa chiqarib, ishlaringizni to‘g‘ri rejalashtirsangiz.

Maqolada, Windows operatsion tizimida, sichqonchani kontekst menyusi (sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda chiqadigan menyu) ga ko‘p foydalanadigan dasturlarni qo‘shishni ko‘rsataman. Buni bajarish, kompyuterda ishlashingizda kerakli dasturlarni bir zumda ishga tushirish imkonini beradi.

Misol uchun, siz biror papka ichida turibsiz, sizga «Блокнот» kerak bo‘lib qoldi, uni ishga tushirish uchun, Пуск qilib chaqirishnigiz mumkin, agar ish stolingizda bu dasturning «ярлык»i bo‘lsa, papkalarni «Свернуть» qilib,  ish stolidan ishga tushirishingiz mumkin bo‘ladi. Bu jarayon biroz vaqt oladi (juda kam vaqt, lekin shunday kam vaqtlar qo‘shilib, ko‘p vaqtingizni olib qo‘yadi), shu kabi ishlarni tezlashtirish uchun, eng yaxshi yo‘li kontekst menyuga bu dasturni qo‘shib qo‘yishdir. Shunda, darhol kontekst menyuni chaqirasiz va dasturni ishga tushirasiz.

Endi, bu ishni qanday qilish kerakligini ko‘rsataman. Bir narsa, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyestr bilan ishlaymiz, shunining uchun juda ehtiyot bo‘ling.

Пуск -> Выполнить -> regedit -> OK yoki Win+R -> regedit -> OK

Reyestr oynasi chiqadi, undan quyidagi adresga o‘ting:

HKEY_CLASSES_ROOT\Directory\Background\shell

regedit

Shundan so‘ng, «Shell» papkasi ustida sichqonchani o‘ng tugmasini bosib,

Создать -> Раздел

regedit_add_partition

Biror ma’noli nom bering, misol uchun «Блокнот«. So‘ng, yaratilgan «Блокнот» papka ichida yana «command» nomli papka yaratamiz, uning uchun «Блокнот» ustida sichqonchani o‘ng tugmasini bosib,

Создать -> Раздел

«command» nomini kichik harfda bering.

Keyin, oynaning o‘ng tomoniga o‘tamiz, u yerda «по умолчанию» degan yozuv bo‘ladi, shuni ustiga ikki martta bosib, qiymat sifatida, ishga tushiriladigan dastur adresi yoziladi(qo‘shtirnoq ichida), misol uchun

C:\Windows\System32\notepad.exe

add_com1

Shundan so‘ng, reyestr oynasidan chiqib, tekshiramiz. Ish stolini yoki biror papka ichida sichqonchani o‘ng tugmasini bosamiz(kontekst menyu chaqiramiz) va hozirgina qo‘shgan «Блокнот» dasturini bu menyuda paydo bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

notepad_km

Windows 7, Windows 8, Windows 8.1 operatsion tizimlarida sinab ko‘rilgan va muammo bo‘lmaydi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Bahtiyor:

    «Блокнот» dasturi ishga tushdi, lekin «Блокнот» dasturining oldidan qanday qilib znachok (ICO) qo’ysa bo’ladi.
    Yani qanday dastur qo’shsak uni maxsus ikonka (rasm) chasi xam ko’rinsa yaxshi bo’lardi. Iltimos javob bersangiz.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *