Qanday qilib Windows operatsion tizimi ishlashini nazorat qilish mumkin?

Windows 7 yoki Windows 8 operatsion tiziminigiz bir tekis ishlamasa, demak tizim bilan qandaydir muammolar yuz bermoqda. Ko‘pchilik bunga e’tiborsiz bo‘lishadi yoki qanday qilib nazorat qilishni bilishmaydi. Agar bilsangiz, operatsion tizim o‘z ishlashini o‘zi nazorat qilib boradi, har xil hisobotlar tayyorlaydi, sabablarini aniqlaydi. Bizga faqat shu hisobotlarni ko‘rish va muammolarni hal qilish qoladi, eng asosiysini: muammo nimadaligini tizim o‘zi aniqlab beradi.

Shunday ekan, tizim tayyorlagan hisobotlarni ko‘rib borishimiz va muammolarni hal qilishimiz lozim, agar kompyuter bir tekis xatolarsiz ishlashini hohlasak. Tizim bizga «монитор стабильности» degan chiroyli, grafikli monitor hizmatini taqdim etadi. Bu monitorinng oynasi orqali tizimda sodir bo‘lgan xatolarni, har xil turdagi xabarlarni vaqt bo‘yicha ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bu orqali biz, nima sababdan tizim o‘zgacha ishlaytganini, qaysi yangilanishdan (Update) so‘ng bu hodisa yuz berayotganini, qaysi dastur yoki xizmat bunga sabab bo‘layotganini bemalol, operatsion tizimni chuqur bilmagan holda ham tushunishimiz mumkin bo‘ladi. Bu monitoring xizmatidan ko‘pchilik foydalanmaydi, chunki borligini bilishmaydi.

Nazariy jihat bilan tanishib chiqdik, endi amaliy jihatdan bu grafikli monitor oynasini ko‘rib chiqamiz.

Monitoring oynasini quyidagicha ochamiz:

Пуск -> Компьютер -> Свойства -> Центр поддержки(chap tomon pastki qismida)

monitoring_2

Обслуживание (o‘ng tomon pastroqda) -> Показать журнал стабильности работы

monitoring3

Shunda, kompyuteringiz ishlashi haqida grafikli oyna chiqadi

monitoring4

Bu oyna orqali, qaysi sanada operatsion tizim qanday xatolarni topganini yoki boshqa xabarlarni berganini ko‘rishingiz mumkin. Xatolar qizil rang bilan beriladi, bularni bartaraf etish lozim. Qizil «x» belgisi bilan berilganlarni ustiga bossangiz, pastda aynan qaysi fayl(dastur) xato chiqishiga sabab bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin.

Oynaning chap tomonidagi ko‘rsatkichni bosgan holda, oldingi kunlarda tizim qanday xatolar bilan ishlaganini haqida axborot olishingiz mumkin.

monitoring5

Xullas, shu oyna orqali tizimda sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatib, xatolarni imkon boricha tuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Dilshodbek:

    menga iloji bo’lsa kampuyuter ni dasturlash haqida malumotlar kerak edi. Agar dasturlashni biladigonlar bo’lsa sizlar bilan tanishish ga mushtoqman sizlardan qo’shimcha malumotlar olmoqchiman imkoningiz bo’lsa men bilan bog’laninglar iltimos oldindan raxmat +99891 3522246 Dilshodbek kutaman!

  2. Bobur:

    Salom! Mening Kompyuterimga kimdir masofadan turib kirmoqda. Kim, qayerdan kirayotganligini qanday bilsa bo’ladi? Shu bo’yicha ma’lumot taqdim etsangiz. Tel: 05(91) 263-23-45

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *