USB fleshka yoki SD-karta orqali Windows 7(yoki boshqa operatsion tizim)ni o’rnatish

Bu maqolada man sizlarga USB yoki telefon fleshkasi orqali kompyuterga operastion tizim qo’yishni tushuntiraman. Bu operastion tizim o’rnatishning juda foydali va qulay usuli hisoblanadi. NetBook egalari! bu maqola asosan sizlar uchun(ehhhh DVD-ROM siz ishlash qiyin a???).

Demak boshladik, diqqat bilan har bir qadamni to’g’ri bajarishga harakat qiling. Man o’zim shu orqali operastion tizim qo’yishga erishdim.

USB-flesh ni Windows 7 yuklanishi(загрузкаси) uchun tayyorlaymiz.

1. USB-flesh olamiz: eng kami 4GB bo’lsin, SD-karta ham bo’laveradi. USB portga ulaymiz. Extiyotkorlik zarar qilmaydi, chunki USB-fleshka ichidagi ma’lumotlaringizdan ayrilishingiz aniq.

2. Windows da CMD.EXE ni ishga tushiramiz. Bu nimaligini bilmaganlar uchun )))) eslatib o’taman: ПУСК->ВЫПОЛНИТЬ->cmd ni terib ENTER tugmasini bosamiz. ekranda qora fonli oyna chiqadi. Administrator ruxsati bilan bo’lsin albatta!!!

3. Disklarni boshqaruvchi buyruq diskpart komandasini teramiz, so’ng DISKPART> taklifini kutamiz. Kutishning zarari yo’q, o’rganasiz.

4. list disk komandasini terib, u yerdan o’zimizning fleshkamizni topib olamiz. Fleshka nomi odatda Disk1 deb nomlanadi, lekin boshqacha ham bo’lishi mumkin.

5. select disk # (bu erda # — bizning USB-drayv nomeri, 4 — punktda olingan nomer) — select disk1 ni teramiz. Bundan keyingi barcha operastiya ushbu USB-fleshka ichida amalga oshirilishini anglatadi.

6.  Clean ni teramiz!!! Alvido mening ma’lumotlarim!!!

7. USB-fleshkada yangi bo’lim yaratish(создать) uchun — create partition primary ni teramiz.

8. select partition1 teramiz, so’ng uni aktivlashtiramiz. Aktivlashtirish uchun active komandasini teramiz.

9. Aktivlashtirilgan bo’limni NTFS fayl tizimida ishlashi uchun format fs=NTFS ni teramiz va formatlaymiz.

10. Keyingi komanda assign. Qurilmani ulash jarayonini aktivlashtirish, ya’ni hosil qilingan bo’limlar(razdellar) uchun xarflar olamiz. Ba’zi kompyuterlar bu buyruqdan so’ng yangi fleshka kompyuterga ulandi degan xabar beradi.

11. Lirik chekinish qilamiz. Man har doim ishim xatosiz ketayotgan bo’lsa, biroz lirik chekinish qilaman.

Demak eshiting:

a. Ikki pashsha shiftga ko’nib turibdi. Birinchisi debdi:>
— Odamlar ahmoq-da!
— Nega?
— Shiftni bezash uchun shu-u-ncha pul sarflashadiyu, o’zlari polda yurishadi.

b. Сели в машину, компьютерщик, новый русский и слесарь. Заводят — не заводится. Слесарь говорит:
— Сейчас я гляну, что случилось, все сделаю — и поедем.
Новый русский говорит:
— Сиди, я сейчас по сотовому позвоню, приедет бригада мастеров и все быстро сделает.
А компьютерщик говорит:
— Может, все выйдем из машины и снова зайдём?
 

)))) mana kulishib ham oldik endi davom ettiramiz.

12. diskpart dan chiqish uchun exit ni teramiz.

USB-drayv keyingi jarayonlar uchun tayyor.

Diqqat Diqqat!!! Windows 7 distributivlaridan biri yozilgan DVD-diskni olamiz.

12. So’ng ya’na bir bor CMD.EXE oynasini ochamiz.

13. Disk uchun atalgan harfga o’tamiz. Misol uchun G:

14. cd \boot — distributivning boot katalogiga o’tamiz.

15. Keyingi komanda bootsect /nt60 I: — komanadsini teramiz, bu erda I: — biz tayyorlagan USB-fleshka uchun berilgan xarf. Ushbu komanda I: diskdagi zagruzchikni Windows 7 zagruzkasi uchun to’g’rilab beradi.

Biz ishlayotgan Operastion tizim va USB-fleshkaga zagruzchiki o’rnatilayotgan Windows 7 distributivi bir xil bitga ega bo’lishi kerak(32 bit yoki 64 bit).

Shundan so’ng o’rnatiladigan Windows 7 o’rnatma paketlari USB-fleshkaga ko’chiriladi. Buni komandalar qatorida xcopy yoki robocopy komandalari yordamida bajarsa xambo’ladi. Yoki oddiygina ko’chirib qo’yish ham mumkin(CTRL+C va CTRL+V).

16. Endi bemalol netbukka USB-fleshkani ulab, Windows 7 ni o’rnatish mumkin.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. select disk1 dan so’ng clean amali bajarilmayapti disk yo’q qaytadan urunib ko’ring degan yozuv chiqyapti nega ?

  2. Lekin bu usuldan kôra oson usullar ham borku! Masalan: UltraISO dasturi orqali DVD dan Obraz olib uni fleshkaga Zapisat obraz buyrug’i orqali bajarish ham mumkin. «Lekin maqoladagi usuldan foydalanishni ham bilib qôygan yaxshi, Rahmat!»

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *