Windows 7 operatsion tizimida autentifikatsiya oynasi fonini almashtiramiz

Windows operatsion tizimi yuklanayotganda, foydalanuvchini autentifikatsiya qilish uchun, foydalanuvchi nomi va paroli so‘raladigan oyna mavjud. Bu oyna fonidan microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan rasm bor. Ko‘pchilik, bu zerikarli rasmni ko‘rishni hohlamaydi, chunki har safar bir hil rasm.

fon_1

Ba’zilar, uy sharoitida mebellar joyini almashtirib turishadi, buni ular kayfiyatga yaxshi ta’siri bor deb tushuntirishadi. Biz ham kayfiyatni yaxshilash uchun windows operatsion tizimida(Windows 7)gi autentifikatsiya fonini almashtiramiz.

Bu ishni bajarishda diqqatliroq bo‘lishni tavsiya qilaman, chunki bevosita reyestr qiymatini o‘zgartiramiz.

Dastlab, reyestr oynasini ochamiz:

Пуск -> Выполнить

Uning ichiga «regedit» deb yozamiz va quyidagi oynani chiqishini kutamiz.

fon_2

Keyin, «CTRL+F» tugmasini bosib, «Найти» oynasini hosil qilamiz.

Qidirish so‘zi sifatida «OEMBackground» so‘zini kiritmiz.

Qidiruv natijasi «HKEY_LOCAL_MACHINE» bo‘limida chiqishi kerak. Bu o‘zgaruvchini ustiga sichqoncha yordamida ikki martta bosib, uning qiymatini «1» qilib o‘zgartiramiz.

fon_3

Shundan so‘ng, bu oynani yopamiz va quyidagi katalogga o‘tamiz:

C:\Windows\System32\oobe\INFO\BACKGROUNDS

Agar bu adres bo‘lmasa, shunday ko‘rinishda o‘zingiz hosil qiling.

Endi, fon uchun biror rasm topib, topilgan rasm nomini «BACKGROUNDDEFAULT.jpg» nomiga o‘zgartiramiz(kengaytmasi ham shunday bo‘lishi kerak)  va yuqoridagi adresga ko‘chiramiz. Shunda quyidagi ko‘rinishga ega va yuqoridagi adresda rasm bo‘lish kerak:

C:\Windows\System32\oobe\INFO\BACKGROUNDS\ BACKGROUNDDEFAULT.jpg

Rasm hajmi 256 kb’dan oshmasligi lozim.

Kompyuterni qayta yuklab audentifikatsiya(parol va foydalanuvchi nomini kiritish lozim bo‘lgan oyna) paytida fon almashganini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

fon_4

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. C:\Windows\System32\oobe\INFO\BACKGROUNDS\ bu ko’rinishdagi INFO va BACKGROUNDS qaysi ko’rinishda bo’lishi kerak ( yani qanday kengaytmada Jpg, txt, …..) ?

  2. abuxan:

    windows parolini buzish yo’llari bormi agar bo’lsa bitta maqola yozing shu xaqda. iltmos eng sodda usulini. Raxmat

  3. abuxan:

    windows chipda iloji bor ekan faqat u qiyinroq. Netbuklarda DVD ROM bo’lmiydi ularnikini qanday buzadi adminstratr parolini.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *