Windows autentifikatsiyasini olib tashlash

Hozirgi zamonda odamlar vaqtga jiddiy munosabatda bo’lishmoqda. Iloji boricha har bir soniyani avaylashga harakat qilishmoqda. Hattoki uyqudan ham kechib o’z ishlarini bitirib olishga harakat qilishmoqda.

Kompyuter bilan ishlashda ham, iloji boricha tezroq ishlab, ishni yakunlashga intilishmoqda, lekin ba’zi vaziyatlarda kompyuter bizning tezlikka dosh beraolmayapti. Ko’p kompyuter foydalanuvchilari hattoki, xavfsizlikdan kechib, kompyuterga kirish uchun o’z parol va loginlarini ham kiritmasdan operatsion tizimni yuklanishini hohlashmoqda.

Bu maqolamda, Windows 7 operatsion tizimiga kirishni tezlashtirish uchun, operatsion tizim talab etadigan foydalanuvchi paroli va loginini olib tashlashni ko’rsataman(boshqa operatsion tizimlarda ham ishlashi mumkin, misol uchun windows server 2003). Shunda operatsion tizim avtomat sizning yordamingizsiz(parol login kiritmasangiz ham) ishga tushadi. Demak boshladik..

Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  1. Administrator ruhsatiga ega bo’lgan foydalanuvchi bilan operatsion tizimni ishga tushiramiz.
  2. Win+R yoki ПУСК->Выполнить utilitasini ishga tushiramiz va u yerga control userpasswords2 yozuvini yozib Enter tugmasini bosamiz.

run1

3. Hosil bo’lgan oynaning “Пользователи” “вкладка” sida, kompyuterda mavjud bo’lgan barcha foydalanuvchilarning ro’yxatini ko’rishingiz mumkin.

run2

  1. Avtomat ishga tushishi lozim bo’lgan foydalanuvchi nomi tanlanadi va yuqoridagi “Требовать ввод имени пользователя и пароля” yozuvidan bayroqcha olib tashlanadi va “применить” tugmasi bosiladi(e’tibor bergan bo’lsangiz boshqa foydalanuvchilar nomi passiv bo’lib qoladi. Bu degani faqat bitta foydalanuvchini avtomat ishga tushirish mumkindir).
  2. Paydo bo’lgan “Автоматический вход в систему” oynasiga, talab etilgan foydalanuvchi nomi, paroli va parolni tasdiqloqlovchi nom(yana bir bor parol) kiritiladi va OK tugmasi bosiladi.

run3

So’ng tizimni qayta yuklasangiz, sizdan foydalanuvchi nomi va parolini kiritishni so’ramaydi va avtomat tizim yuklanadi.

Operatsion tizimni avtomat yuklashning avfzalliklari:

  • Vaqtni tejash. Kompyuterning Power(Yoqish) knopkasini bosib, aylanib keguningizcha, operatsion tizim ishlashga tayyor holda bo’ladi.
  • Foydalanuvchi nomi yoki parolni esdan chiqarsangiz ham, tizimga kirishga ruhsat bor.

Operatsion tizimni avtomat yuklashning kamchiliklari:

  • Xavfsizlik jiqatidan kerak bo’lmagan narsa :). Istalgan foydalanuvchi uchun sizning kompyuteringiz ochiq.
  • Ko’p vaqt bunday usuldan foydalansangiz, o’zingizni parolingizni esdan chiqarib qo’yish xavfi mavjud.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. rifat:

    Saytni yaratib juda yaxshi ish qilibsiz. Bu kabi sayt lar bizda hozir juda kam oxiriga yetmay qolgan sahifalarigizni tugallashingizda sizga kuch g`ayrat tiliyman. word press haqida ko`proq ma`lumot bo`lsa yaxshi bo`lardi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *