Windows muhitida HotKeys(Горячие клавиши) bilan ishlash

Kompyuterda ishlashni tezlashtirish uchun, HotKeys(Горячие клавиши) tushunchasidan foydalanish lozim. Bu tushuncha sizga, asosiy qilinadigan ishlarni klaviaturaning ma’lum bir tugmalari orqali bajarishni amalga oshirib beradi(misol uchun, nusxa olish CTRL+C). Agar siz, klaviaturaga qaramasdan ishlashni o‘rgangan bo‘lsangiz, HotKey orqali bajariladigan ishlar tezligini sezilarli darajada oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Sichqoncha yordamida ish bajarish, klaviaturada bajarishga qaraganda sekinroqdir.

Bu tugmalar majmuasini yodlab qolish biroz qiyin bo‘lishi mumkin, lekin ular katta ehtimollik bilan har kuni ishlatiladi. Har kuni ishlatish degani, bir haftada yodlab olish mumkinligini bildiradi. Dastlab, bu tugmalar majmuasini qog‘ozga chiqarib oling so‘ng, kompyuteringiz yoniga qo‘yib, bulardan foydalanishni boshlang, esingizdan chiqib qolsa, qog‘ozga qarab olasiz, shu tariqa bir haftaga bormay yodlab olasiz.
Quyida beriladigan tugmalar majmuasi to‘liq emas, faqat eng kerakli va ko‘p ishlatiladiganlaridir. Bular Windows XP, Windows 7 tizimida muammosiz ishlaydi, Windows 8 tizimida ham ishlashi kerak, lekin tekshirmaganman. Oldingi maqolalaning birida, Windows tugmasi orqali bajarish mumkin bo‘lgan buyruqlarni ko‘rsatib o‘tgan edim, bu safar shu mavzuni to‘latib qo‘yaman. Demak, Windows operatsion tizimi uchun HotKeys bilan tanishing.

HotKeys(Горячие клавиши)
1 Ctrl + C, Ctrl + Insert Nusxa olish (fayl, papka, matn, rasm va boshqalar)
2 Ctrl + X Kesish
3 Ctrl + V, Shift + Insert Qo‘yish, ko‘chirilgan yoki nusxa olingan faylni qo‘yish
4 Ctrl + Z Oxirgi amalni bekor qilish
5 Delete (Del) O‘chirish(fayl, papka…)
6 Shift + Delete «Корзина»ga tashlamasdan o‘chirish
7 CTRL tugmasini bosgan holda faylni boshqa joyga ko‘chirish O‘sha faylni avtomat nusxasini olib, yangi joyga tashlaydi, eskisi o‘z joyida qoladi
8 Ctrl + Shift tugmasini bosgan holda fayl sichqoncha yordamida ko‘chiriladi Shu faylni «ярлык»ini hosil qilish
9 F2 Belgilangan fayl yoki papkani nomini o‘zgartirish
10 Ctrl + biror ko‘rsatkich (o‘nga, chapga) Oldingi yoki keyingi so‘zning boshiga o‘tish
11 Ctrl + pastga ko‘rsatkich yoki Ctrl + yuqoriga ko‘rsatkich Keyingi yoki oldingi qator boshiga o‘tish
12 Ctrl + A Barchasini belgilash
13 F3 Fayl va papkalarni qidirish oynasi
14 Alt + Enter Biror papka yoki faylni «свойства»sini ko‘rish
15 Alt + F4 Aktiv oynani yopish
16 Alt + probel Aktiv oynaning «свойства»sini chiqarish
17 Ctrl + F4 Dasturda bir necha oynalar ochiq bo‘lsa, dasturdan chiqmasdan faqat aktiv oynani yopish
18 Alt + Tab Ochilgan oynalarni birortasini aktiv holatga o‘tkazish
19 Alt + Esc Ochilgan oynalarni, ochilish tartibida aktivlashtirish
20 F6 Aktiv oyna elementlari bo‘ylab harakatlanish
21 F4 Windows oynasi yoki «проводник» adresini aktivlashtirish
22 Shift + F10 Belgilangan faylning kontekst menyusini hosil qilish
23 Ctrl + Esc «Пуск» menyuni ochish
24 F10 Aktiv dasturni asosiy menyusiga o‘tish
25 F5 Aktiv oynani qayta yuklash(Obnovit)
26 Backspace «Проводник» oynasida bitta oldingi papkalarga o‘tish
27 SHIFT DVDROM qurilmasiga disk tiqilganda shu tugma bosib turilsa, «автозагрузка» ishlamaydi
28 Windows tugmasi «Пуск меню»ni ochish va yopish
29 Windows + Break «Свойства системы» oynasini ochish
30 Windows + D Ish stolini ko‘rsatish
31 Windows + M Barcha ochilgan oynalarni berkitish(Свернуть)
32 Windows + Shift + M Barcha ochilgan oynalarni chiqarish(Развернуть)
33 Windows + E «Moy kompyuter» oynasini ochish
34 Windows + F Fayl va papkalarni qidirish
35 Windows + Ctrl + F Kompyuterlarni qidirish
36 Windows + L Kompyuterni bloklash
37 Windows + R “Выполнить» oynasini ochish
38 Windows + U «Центр специальных возможностей» oynasini ochish
39 Windows + P Monitorni qanday ishlatish kerakligi haqida oynani ochish
Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *