Windows operatsion tizimida «autoload»ni boshqarish

Windows operastion tizimiga, ba’zi dasturlarni o’rnatganda(misol uchun mail agent, kaspersky) ular avtomat tarzda «автозагрузка» qismiga tushadi va har operastion tizim yuklanganda shu dastur avtomat ishga tushadi. Ba’zi foydalanuvchilar bu jarayonni e’tiborsiz qoldirishadi. Bu esa tizim yuklanishini juda sekinlashtiradi.

Ba’zan dasturlarni avtomat ishga tushishi, ishni tezroq boshlashga yordam berishi yoki esdan chiqgan jarayonlarni avtomat yuklashi sababli foydali bo’lishi mumkin,
lekin bunday dasturlarni ko’payib ketishi ish jarayoni sekinlashishiga katta sabab bo’lib qoladi.

Shularni inobatga olgan holda man sizlarga dasturlarni avtomat ishga tushirish jarayonini boshqarish(avtomatikani o’chirish yoki yoqish) usullarini ko’rsatib o’taman. Demak boshladik.

1. Reestr orqali. Reestrni chiqarish uchun Windows(windows 7, windows vista, windows xp) operastion tizimida ПУСК->ВЫПОЛНИТЬ(yoki win+R) va paydo bo’lgan oynaga regedit buyrug’ini beramiz va OK.

reg

Biroz kutamiz va HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Run adresini qidiramiz. Barcha «автозагрузка» lar ga shu adres javob beradi.

HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Run adres esa har bir foydalanuvchining shaxsiy dasturlarini avtomat ishga tushiruvchi adresdir . Kerak emas dastur topiladi va sichqonchani o’ng tomoni bosilib “Удалить” komandasi beriladi.

regedit

  1. «Автозагрузка» papkasi orqali. Bu papka windows katalogida joylashgan bo’ladi yoki «ПУСК» orqali topiladi. ПУСК->ПРОГРАММЫ->АВТОЗАГРУЗКА.

avto

Kerakli dastur tanlanadi va sichqonchani o’ng tugmasi bosilib, «Удалить» buyrug’i beriladi. Avtomat ishga tushishi lozim bo’lgan dastur shu adresga nusxalanadi.

  1. Utilita orqali. Operastion tizimning utilitasini chaqirib shu orqali «автозагрузка» ni boshqaramiz. Utilitani chaqirish: ПУСК-> ВЫПОЛНИТЬ va msconfig buyrug’ini beramiz.

msconfig

Hosil bo’lgan oynaning «автозагрузка» qismi(вкладкасиi)ga o’tamiz va kerak bo’lmagan dasturdan belgi (птичка) ni olib tashlaymiz va OK tugmasini bosib ishni yakunlaymiz.

msconfig_2

  1. Maxsus dasturlar orqali. «Автозагрузка» ni boshqarishda bir qancha dasturlardan ham foydalanish mumkin. Misol uchun TUNEUP, AUTORUNS,…

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, «автозагрузка»ni boshqarishda operastion tizimning utilitasidan(msconfig) foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki, adashib olib tashlangan dasturni utilita orqali qayta tiklash imkoni mavjud. Reestr bilan ishlashni maslahat bermayman, bu operastion tizimning yuragi hisoblanadi. Faqatgina professional foydalanuvchilar reestrni ichini titkilashlari mumkin.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *