Windows operatsion tizimida kompyuterni avtomat o’chirish usullari

Kompyuter bilan ishlash davomida, kompyuter yordamida uzoq vaqt bajariladigan ishlarga duch kelib qolamiz. Bu vazifalarni bajarishni kechqurunga qo‘yib, keyin uxlashga yotamiz. Misol uchun,  katta hajmdagi fayllarni internetdan ko‘chirish, disklarni defragmentatsiya qilish, katta hajmdagi fayllarni arxivlash,… .Bu vazifalar kechaning biror qismida yakunlanadi, lekin kompyuter ishlashda davom etadi. Ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng, kompyuterni o‘chirasiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, kompyuter kechaning bir qismida hech qanday vazifa bajarmaydi va bekor yoqilib turadi. Bu esa elektr energiyani zoye ketishiga olib keladi.

YUqoriga o‘xshagan muammolarni yechish uchun, operatsion tizimlarda, kompyuterni avtomat o‘chirish funksiyasi ishlab chiqilgan. Bu maqolamda windows 7  operatsion tizimida tekshirib ko‘rilgan, kompyuterni avtomat o‘chirish funksiyasini ishlatishni ko‘rsataman. Qanday qilib kompyuterni avtomat o‘chirish mumkinligini 2 usulini yoritib beraman. Birinchisi «командная строка» orqali, ikkinchisi grafika orqali. Birinchi usuli windows operatsion tizimining boshqa versiyalarida ham ishlaydi, grafik usuli esa windowsning boshqa versiyalarida boshqacha ko‘rigishga ega bo‘lishi mumkin.

Windows operatsion tizimida kompyuterni o‘chirishga, «shutdown» komandasi javob beradi. Bu komanda bilan birga bir necha kalit harflarni ham berish mumkin. Demak boshladik.

1-usul: ПУСК -> Программы -> Стандартные -> Командная строка, ёки ПУСК -> Выполнить -> cmd.

cmd

Bu qora ekranga quyidagi komandani berib, shutdown komandasining barcha kalit harflarini ko‘rib olishimiz mumkin.

C:\> shutdown /?

Biz uchun eng muhim 3 ta kalit harf mavjud, bular

s — kompyuterni o‘chirish(aktiv dasturlar bo‘lsa ham).

t nechi soniyadan so‘ng o‘chirish kerakligini berish

a — o‘chirishni bekor qilish

davom etamiz, kompyuterni avtomat o‘chirish uchun, quyidagi komandani qora ekran(cmd)ga yozamiz.

C:\> shutdown -s -t 3600

Bu komanda orqali biz, operatsion tizimga, 1 soatdan so‘ng kompyuterini o‘chirishimiz kerakligini bildirmoqdamiz(vaqtni istalgancha o‘zgartirishimiz mumkin, faqat sekundda berish lozim). Shundan so‘ng hisoblagich ishga tushadi va 1 soatni hisoblashni boshlaydi. Bu komandani bekor qilish uchun quyidagi komanda beriladi.

C:\> shutdown -a

2-usul: Bu usul yuqoridagi komandalarni grafik orqali bajaradi. Eng avvalo biror «vazifa» yaratiladi va bu «vazifa»ni ishga tushirish vaqti o‘rnatiladi.

ПУСК -> Панель управления -> Администрирование -> Планировщик задание

job_1

Shundan so‘ng «vazifa» hosil qilinadi(Menyu orqali).

Действие -> Создать простую задачу

job_2

Ism beriladi, bizning holda «OFF». Далее

job_3

Quyidagi oyna orqali bu yaratilgan vazifa nechi marotaba ishga tushish kerakligi belgilanadi(bir marotaba, har kuni, har hafta,..), biz bir marotaba(однократно) bandini tanlaymiz. Далее

job_4

Kerakli kun va vaqt o‘rnatiladi. Далее

job_5

Dasturni ishga tushirish funksiyasi belgilanadi(Zapustit programmu, chunki shutdown ishga tushuvchi fayldir).

Shundan so‘ng C:\Windows\System32\shutdown.exe adres orqali ishgu tushuvchi fayl(shutdown) tanlanadi va argumentga «-s» «-t» yoziladi. Далее va Готов.

Vazifa hosil qilindi va ishga tushish vaqtlari o‘rnatildi. Ana endi vaqtni o‘rnatib, bemalol uhlashingiz ham mumkin bo‘ladi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *