Windows xavfsiz rejimini (Безопасный режим, Safe Mode) menyu ko’rinishida hosil qilamiz

Ko‘p hollarda kompyuter operatsion tizimi bilan biror muammoga duch kelsak, darhol xavfsiz rejim(Безопасный режим) orqali tizimga kirishga harakat qilamiz. Bu rejimga kirish ba’zida muammolarga olib keladi, ya’ni o‘sha biz bilgan F8 tugmasini bosamiz, lekin kompyuter bu rejimga kirishni hohlamaydi. Bunga sabab yoki xavfsiz rejimga kirishni amalga oshiruvchi tugmani bilmaymiz yoki tugma bosilishi lozim bo‘lgan vaqtdan kech qolamiz(ba’zida oldin bosib yuboramiz).

safe_mode_f8

Shundan so‘ng, yana kompyuterni o‘chiramiz va qayta yuklab, bu rejimga kirishga harakat qilamiz va yana kiraolmaymiz, oddiy bir holatdan muammo yasab, siqilamiz.

Maqolada, xavfsiz rejimga kirishni yengillatish haqida yozib o‘taman. Batafsilroq aytadigan bo‘lsam, foydalanuvchiga tanlash imkonini beruvchi menyu hosil qilishni ko‘rsatib o‘taman. Natija quyidagicha bo‘ladi.

safe_mode_menu

Yoziladigan kod va natija Windows 7, Windows 8 va Windows 8.1 operatsion tizimlarida sinab ko‘rilgan va xatosiz ishlaydi.

Dastlab, kompyuterni yoqib, operatsion tizimga kiramiz. U yerdan «Командная строка» oynasini administrator ruhsati bilan ochamiz(Запуск от имени администратора):

Пуск -> cmd

cmd_as_admin

Uning ichiga quyidagi buyruqni e’tiyotkorlik bilan qo‘shtirnoqlarni hisobga olgan holda teramiz.

bcdedit /copy {current} /d «Safe Mode»

Natija qoniqarli bo‘lganiga ishonch hosil qilamiz(was successfully copied).

Shundan so‘ng, cmd oynasini yopamiz va «Выполнить«(Win+R) oynasini ochib, «msconfig» buyrug‘ini teramiz.

msconfig_1

U yerdan «Загрузка» vkladkasiga o‘tamiz, bu vkladkaning yuqori qismida hosil bo‘lgan «Safe Mode(C:\Windows)» menyusini tanlaymiz va pastki qismidagi «Параметры загрузки» qismida «Безопасный режим» menyusini tanlaymiz(ptichka qo‘yamiz) va OK tugmasini bosib, oynani yopamiz.

msconfig_2

Kompyuterni qayta yuklaganingizdan so‘ng, yuqoridagi rasmdagidek menyu paydo bo‘ladi va menyudan «Safe Mode» qatorini tanlab xavfsiz rejimga kirishingiz mumkin.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *