Xavfsiz rejim(Безопасный режим, Safe mode)ga klaviaturasiz kirish

     Kompyuterni yuklashda xavfsiz rejim(безопасный режим, safe mode) orqali operatsion tizimga kirish mumkin. Qaysi hollarda bu rejimdan foydalanish lozim?

     Operatsion tizim ishlashida nuqsonlar paydo bo‘lsa, viruslar kompyuter yuklanishiga ta’sir qilsa(yoki tizim umuman yuklanmasa), avtozagruzka bo‘limiga biror virus o‘rnashib qolib, ish jarayonini to‘xtatib qo‘ysa va hakazo paytida Safe mode rejimidan foydalanib, operatsion tizimni yuklash lozim va nuqsonlarni shu rejimda bartaraf etish mumkin bo‘ladi.

     Xavfsiz rejim orqali kompyuter yuklanganda, operatsion tizim yuklanishi uchun zarur bo‘lgan minimal dastur va drayverlar yuklanadi. Ortiqcha har qanday ishchi dasturlar, stillar, drayverlar bloklanadi(ishga tushmaydi). Shu orqali tizimni sodda kurinishini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

     Odatda «безопасный режим» ga kirish uchun, kompyuter yuklanayotganda F8 tugmasini bosish kerak bo‘ladi va «Safe Mode(безопасный режим)» punktini tanlanadi. Shundan so‘ng kompyuter xavfsiz rejimga o‘tadi. Buni yuklangan tizimning chetki qismidagi «безопасный режим» deb yozilgan qismidan ham bilib olish mumkin bo‘ladi(bilishning yana bir yo‘li, bu rejimda, odatda tizim qora fonda va shriftlar kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi).

safe

     Bu rejimda kerakli ishlarni bajarib bo‘lgach, kompyuterni qayta yuklasangiz va yuklash paytida F8 tugmasini bosmasangiz, operatsion tizim normal holda yuklanadi.

     Ba’zi «материнский плата» larda, yuklash paytida bosilgan F8 tugmasi, yuklanishi lozim bo‘lgan fizik qurilmani tanlash imkonini beradigan xabarni ekranga chiqaradi. Bu holatda kerakli qattiq disk tanlanib «Enter» bosiladi va yuklash boshlanadi.check

     «Безопасный режим» ga kirish uchun shu paytdan boshlab F8 tugmasini tez-tez bosish lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng menyu ekranga chiqib, rejimlar ro‘yxatini tanlash lozim bo‘ladi. Agar tugmalarni bosishda biroz kech qolsangiz operatsion tizim oddiy rejimda yuklanadi.

     Endi maqolaning asosiy qismiga o‘tamiz, agar sizning kompyuteringizda F8 tugmasi ishlamasa yoki tizim yuklanayotganda tez-tez F8 tugmasini bosishni istamasangiz(avtomat xavfsiz rejimga kirishni hohlasangiz), klaviaturasiz «безопасный режим» ga kirishni o‘rganib olishingiz lozim. Buning uchun:

     ПУСК->Выполнить->msconfig->OK

     «Загрузка» vkladkasiga o‘tamiz, «Параметры загрузки» bo‘limiga o‘tib, «Безопасный режим» ni belgilaymiz. Shundan so‘ng OK tugmasini bosib, operatsion tizimni yuklaymiz. Shunda kompyuter avtomat «Bezopasnыy rejim» ga kiradi.

msconfig

     Operatsion tizimga normal rejimda kirish uchun, yuqorida belgilangan galochkani olib tashlaymiz.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Laziz:

    Juda kerakli ma’lumot oldim rahmat, yangilarini joylashtirishlaringizni kutib qolaman. lekin sayt nomini bilmadim, iltimos pochtamga yozib yuborsangiz juda zo’r.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *