Xavfsiz rejim (Safe mode, безопасный режим) haqida

Oldingi maqoladan so‘ng, xavfsiz rejim(safe mode, безопасный режим) haqida bir necha savollar bo‘ldi, ya’ni, bu o‘zi qanday rejim? maqolada, shu savolga javob berib o‘taman.

Xavfsiz rejim — bu windows rejimi hisoblanib, tizim bilan sodir bo‘lgan muammolarni hal qilishda ishlatiladi. Chunki, bu rejimda operatsion tizim chegaralangan xizmatlar va komponentalar bilan yuklanadi. Odatda, xavfsiz rejimga kirish uchun, kompyuter ishga tushayotganda to‘xtovsiz F8 tugmasini bosgan holda kiriladi(klaviaturasiz kirish ham mumkin), lekin ba’zi kompyuterlarda bu tugma boshqa tugmalar bilan almashgan bo‘lishi mumkin(xavfsiz rejimga kirishning eng sodda yo‘li).

safe_about_4

YUqoridagi tugmani bosgandan so‘ng, menyudan «Безопасный режим» bo‘limi tanlanadi.Bu rejim windows ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy fayl va drayverlar ishlatilgan holda ishlaydi. Xavfsiz rejimga kirishda, yuklanayotgan fayllar tezlikda namoyon bo‘lib, o‘tib ketadi.

safe_about_2

Bu rejimga kirgan kirmaganlini bilish uchun, displeyni chap yoki yuqori qismlariga qarash lozim, agar u yerda katta shriftlar bilan «Безопасный режим» deb yozilgan bo‘lsa, demak operatsion tizimga shu rejimda kirgan bo‘lasiz. Undan tashqari ish stolidagi fon rasmi ham yuklanmaydi.

safe_about_3

Grafik parametrlar ham minimal darajada namoyn bo‘ladi, windows 7 uchun odatda 800×600 o‘lchamda bo‘ladi.

Bu rejimning yaxshi tomoni shundaki, ortiqcha dasturlar va avtozagruzkadagi dastur va utilitalar ishga tushmaydi, umuman olganda toza operatsion tizim ishlaydi.

Odatiy operatsion tizim bilan xavfsiz rejim orasidagi farq:

— xavfsiz rejimda autoexec.bat va config.sys fayllari ishga tushmaydi;

— ko‘p drayverlar ishga tushmaydi;

— xavfsiz rejim barcha videokarta uchun mos keladigan grafik rejimda ishlaydi;

— xavfsiz rejimda tizim system.cb fayli orqali yuklanadi, odatiy rejimda esa tizim system.ini fayli yordamida ishga tushadi;

— xavfsiz rejimda ish stoli 16 hil rangili palitrada ishga tushadi.

Xavfsiz rejim orqali quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:

1. Operatsion tizimni to‘liq virusdan tekshirib olish mumkin. Ko‘p viruslar avtozagruzkalarda bo‘ladi, operatsion tizim ishga tushishi bilan ular ham ishlashni boshlashadi. Antiviruslar ularni tozalasa ham, keyingi safar tizim ishga tushganda, viruslar yana ishlashni boshlaydilar. Bu holdan chiqish uchun, kompyuter xavfsiz rejimda to‘liq virusdan tekshirilishi lozim.

2. Tizimni qayta tiklash uchun. Windows o‘z o‘zini qayta tiklashi mumkin, bu ishni aynan xavfsiz rejimda bajarish lozim.

3. Drayverlarni o‘rnatish, o‘chirish yoki yangilash. Agar drayver yaxshi o‘rnashmagan yoki noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa, aynan shu rejim orqali bu muammoni xavfsiz yechish mumkin.

4. Muammoli dasturlar o‘chirish yoki mummosini hal qilish. Ba’zi dasturlar operatsion tizim odatiy yuklanganda noto‘g‘ri ishlaydi, bunga sabab qilib boshqa dasturlar bilan konflik berayotganini keltirish mumkin, bunda xavfsiz rejimda bu konflik yuzaga kelmaydi va bemalol konflikt dasturlarni topib, ularni moslashtirishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *