Brauzer kesh xotirasini tozalaymiz(Chrome, Opera, Mozilla, IE)

Brauzer o‘z xotirasiga ega, bu xotira kesh deyiladi. Bu xotirada saytga tegishli ma’lumotlar saqlanadi. Siz biror saytga kirganingizdan so‘ng, sayt kesh xotirada saqlanib qoladi va keyingi safar yana shu saytga kirganingizda, sayt to‘liq internetdan chaqirilmaydi, balki bir qismi kesh xotiradan olinadi, natijada sayt tezroq ochiladi.

Saytga kirdingiz sayt ochildi va ma’lum bir ma’lumotlar keshda saqlandi, keyingi safar yana shu saytga kirdingiz, sayt internet va keshdan olinib ochildi, lekin siz saytning eski holatini ko‘rdingiz, siz bilasizki saytdagi ma’lumotlar o‘zgargan, bunda keshdagi ma’lumotlarni yangilash kerak, siz ham saytning yangi holatini ko‘rishingiz lozim.
Dastlab qiladigan ishingiz F5 tugmasini bosish bo‘lishi kerak, agar u yordam bermasa CTRL+F5 tugmalarini birga bosing, shunda saytning yangi  holatini ko‘rishingiz va keshni yangilashingiz mumkin bo‘ladi.

Bu xotira, sayt tuzuvchilar tomonidan ham ishlatiladi, ya’ni qaysi ma’lumotlarni keshda saqlash kerakligini berishadi. Natijada, kesh xotira to‘lib ketadi va brauzer ishlashi ham sekinlashadi. Shuning uchun, kesh xotirani tozalab turish kerak. Har xil brauzerlarda kesh xotirani tozalash har xilda amalga oshiriladi, maqolada asosiy 4 ta brauzerda kesh xotirani tozalashni ko‘rsataman. Brauzer versiyasiga qarab, menyular o‘zgarishi mumkin, lekin yozuvlar o‘zgarmasa kerak.

Google Chrome.

Mеню -> История > Очистит историю… yoki CTRL+H

cache_1

Keyingi chiqadigan oynadan o‘zingizga kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘chirishingiz mumkin, biz keshni tozalashimiz kerak, demak, «Изображения и другие файлы, сохраненные в кеше» qismini belgilab, «Очистить историю» tugmasini bosamiz.

cache_2

Opera

Opera -> Настройки -> Удалить личные данные

cache_3

Bu oyna orqali ham brauzerdagi bir qancha ma’lumotlarni o‘chirish mumkin, bizga kesh kerak, shuni tanlab, «Удалить» tugmasini bosamiz.

cache_4

Brauzer kirgan saytlar ro‘yxatini ham o‘chiramiz, uning uchun CTRL+H tugmalarini bosamiz va kerakli kunlarnikini o‘chirishimiz mumkin bo‘ladi.

Mozilla Firefox

Меню -> Журнал

cache_5

Bu oynada brauzer kirgan saytlar bor, shu yerdan «Удалить недавнюю историю» menyusini tanlaymiz.

cache_6

Bu oynani CTRL+SHIFT+DEL tugma orqali ham chiqarish mumkin.

O‘chirishimiz kerak bo‘lgan «Kesh» qismini belgilaymiz va «Удалить сейчас» tugmasini bosamiz.

cache_7

Eng yaxshi ko‘rgan brauzerim:) InternetExplorer‘da keshni tozalaymiz.

Меню -> Свойства Обозревателя -> Общие(История просмотра) -> Удалить

cache_9

Shundan so‘ng, kerakli menyularni tanlab o‘chirishni amalga oshiramiz, ya’ni bizning holda «Временные файлы Интернета» menyuni tanlab, «Удалить» tugmasini bosamiz.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Hey very nice blog!! Man .. Excellent .. Amazing .. I will bookmark your site and take the feeds alsoI’m satisfied to find a lot of useful info right here within the post, we’d like develop extra strategies in this regard, thanks for sharing.

  2. Some truly select blog posts on this web site , saved to fav. kdkgeaebkagadded

  3. Outstanding post, you have pointed out some fantastic points, I as well think this is a very great website. edbekcaedddccdde

  4. reverse lookup cell phone free Your positions constantly have a decent amount of really affeedkkebadkcgd

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *