Dasturlarni to’liq o’chiruvchi utilita — Revo Uninstaller

Kompyuter foydalanuvchilari, bilim darajalaridan kelib chiqib, kompyuterga o‘rnatilgan dasturlarni har xil ko‘rinishda o‘chirishadi. Kompyuter bilan endi ishlashni boshlagan foydalanuvchilar, dastur o‘rnatilgan katalogni topib o‘chirib tashlashadi(SHIFT DELETE) va dastur o‘chirildi deb o‘ylashadi. Bunda, agar dastur ishlab turgan bo‘lsa, dasturning ba’zi fayllari o‘chirilmaydi,
undan tashqari dastur «ярлык«lari, reyestrdagi fayllar ham qolib ketadi. Bunday o‘chirish umuman tavsiya qilinmaydi.

Kompyuter bilan biroz ko‘proq ishlagan foydalanuvchilar esa, «Установка и удаление программ» utilitasi orqali kerakmas dasturlarni o‘chirishadi. Bu usulda, asosan reyestrda fayllar qolib ketadi, hamma dasturlarda emas, lekin ko‘plarida. Reyestrni tozalash biroz qiyinroq, bilmasdan, biror faylni o‘chirib yuborsangiz, tamom operatsion tizimni qayta qo‘yishga ham to‘g‘ri kelishi mumkin.

YUqoridagi muammo yechimini  har xil utilitalar yordamida hal qilish mumkin. Shunday utilitalardan biri MyUnistaller deb nomlanadi, bu utilita haqida O‘rnatilgan dasturlarni o‘chiruvchi va ular haqida ma’lumot beruvchi utilita nomli maqolada yozib o‘tganman. Bu safar yuqoridagi utilitidan kuchliroq bo‘lgan utilita haqida gaplashamiz.

Bu utilita — RevoUninstaller deb nomlanadi. Revo Uninstaller orqali kerak bo‘lmagan dasturlarni to‘liq va xavfsiz o‘chirishingiz mumkin bo‘ladi. Utilita orqali o‘chirilgan dastur fayllari reyestrda ham qolmaydi. Dasturni o‘rnatib, uni ishga tushiramiz va biroz kutamiz, shundan so‘ng, kompyuterga o‘rnatilgan barcha dasturlar ro‘yxati chiqadi.

revo_1

O‘chirish kerak bo‘lgan dastur tanlanadi va sichqonchani o‘ng tugmasini bosgan holda «удалить» buyrug‘i tanlanadi. Shunday so‘ng, o‘chirilish darajasi aniqlashtiriladi.

revo_2

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, o‘chirilish 4 ta o‘chirilish darajasi mavjud. Tanlashda muammo bo‘lishi mumkin emas, to‘liq o‘chirish uchun «расширенный» punkti tanlanadi va o‘chirilish uzoq lekin to‘liq amalga oshiriladi. Utilitani ishlatib, qolgan punktlarini ishlatib solishtirib chiqishingiz mumkin.

Shundan so‘ng, dasturni o‘chirilish boshlanadi va 4 ta bosqichda amalga oshiriladi.

revo_3

Qayta tiklash nuqtasini yaratish, dasturni tahlil qilish, dasturni o‘chirish va reyestrni tozalash. Shu orqali o‘chirilgan dastur fayllari he

ch qayerda qolmaydi.

Bu utilita sodda va juda ixcham hisoblanadi, bir ishlatib ko‘ring.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. olim:

    Sayt — govno

  2. RevoUninstaller zo’r tanlov

  3. farhod:

    Sayt judayam zo’r. Faqat yangi ma’lumota kam qo’shiladi. agar kk bo’lsa ma’lumot qo’shishga yordam bergan bo’lardim.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *