Dasturlash muhiti(IDE) tushunchasi haqida

IDE — bu siz anglayotgan «g’oya» degani emas ))

IDE(Integrated development environment) — dasturlash tillari uchun muhit hisoblanadi, ko’pchilik bu tushunchani aynan shundayligicha biladi, lekin bu ta’rifning ma’nosi nimaligini unchalik tushunmaydi. Bu maqolada aynan shu IDE abreviaturasini tushuntirishga bag’ishlanadi.

Dasturlash muhiti deganda, siz yozayotgan kodlarni aynan qayerga yozish kerakligi tushuniladi. Misol uchun, oddiy «Блокнот» ham IDE vazifasini bajarishi mumkin. IDE sifatida, dasturlar yoki dasturlar yig’indisi ishlatiladi. Zamonaviy va mashhur dasturlash muhitlariga quyidagilarni misol qilish mumkin(maqolada Windows tizimi nazarda tutilgan):

PHPStorm — asosan PHP dasturchilar uchun;

VisualStudio — .Net dasturchilar uchun;

NetBeans — asosan java, php dasturchilar uchun;

PHPDesigner — asosan web(PHP) dasturchilar uchun;

Agar hali ham tushunarsiz bo’lsa, boshqa mavzuda misol keltiraman. Siz kompyuter tuzatuvchi ustasiz, siz o’z ishingizni qilishingiz uchun yaxshi sharoit kerak: elektr  toki bilan ta’minlagan xona, kerakli qurilamalarga(tester, payalnik, otvyorka..) ega bo’lishingiz, har hil turdagi ulanuvchi va ulovchi simlar bo’lishi, kompyuterning asosiy ehtiyot qismlarining nusxasi va boshqalar. Umuman olib qaraganda, bunday sharoit bo’lmasa ham usta bo’laverasiz, lekin biror kompyuterni tuzatish uchun  ancha vaqt kerak bo’lib qoladi(kerakli jihozlarni kimdandur so’rash kerak bo’ladi, tok o’chib qolsa, uni kelishini kutish). IDE ham shunday, qanchalik yaxshi va qulay muhit bo’lsa, ishingiz ham shuncha tez va sifatli bitadi.

Mukammal dasturlash muhitlarida, dasturchilar uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo’ladi, ya’ni biror loyihani tuzish uchun qo’shimcha dasturlar kerak bo’lmasligi lozim, misol uchun quyidagi imkoniyatlar bo’ladi:

— matn muharriri;

— kompilyator/interpretator;

— loyihaning barcha qismlarini avtomat yig’uvchi(Сборщик);

— xatolarni aniq ko’rsatuvchi funksiyasi;

— kod sintaksislarini yozishda yordam beradigan kutubxona;

— kodni ishlatib ko’rish uchun sharoit(emulyatorlar, brauzerlar);

— terminal(konsol uchun);

— versiyalar bilan ishlovchi modul(github);

— katalog ierarxiyasi;

Bunday dasturlash muhitlari, dasturchilarni biroz dangasa qilib qo’yadi degan gap rost, lekin tez biror loyihani tuzmoqchi bo’lsangiz, bularsiz ancha vaqt ketib qoladi.

Dasturlash muhitlari ham, boshqa dasturlarga o’xshab pullik yoki bepul bo’lishi mumkin, pullik muhitlar:

— PHPStorm;

— VisualStudio;

— RAD Studio;

— KomodoIDE;

— PHPDesigner;

Bepul dasturlash muhitlari:

— KomodoEdit

— VS Express;

— NetBeans;

— Aptana Studio;

— Eclipse;

Dasturlash tiliga qarab, kerakli IDE tanlanadi, o’zimni oladigan bo’lsam, web uchun Sublime matn muharirirni ishlataman(nimagadir o’rganish bo’lib qolgan), .Net dasturlash uchun VisualStudio.

Oxirida, boshqa sohalarda ham ishlatilgan savolni bermoqchiman, dastlab dasturlash tili tuzilganmi yoki dasturlash muhitimi? yoki, dastlab dasturlash tili tuzilganmi yoki kompilyator? )

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Xuddi quyidagi savolga o’xshaydi : Tuxum oldin paydo bulganmi? yoki Tovuq?

  2. KomodoEdit IDE si pulli IDElar qatoriga kiradi !
    http://komodoide.com/pricing/

  3. They found men who used cheap viagra were at nearly twice the risk for developing melanoma.

  4. viagra sale For Women Available In India in Nacogdoches .

  5. Together, you can decide if viagra sale is right for you.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *