DirectX haqida va nima uchun kerak?

Bu savolga eng birinchilardan bo‘lib, kompyuterda o‘yin o‘ynaydiganlar qiziqishadi. Chunki kattaroq o‘yinlarni o‘rnatishda albatta bu termin haqida so‘raladi yoki o‘rnatish talab qilinadi yoki o‘yin ichida o‘rnatilib ketiladi.

DirextX — Microsoft kompaniyasi tomonidan chiqarilgan bir necha texnologiyalar yig‘indisi bo‘lib, chiroyli, katta hajmdagi, 3D o‘lchamli o‘yinlarni o‘rnatish
va ularni o‘ynash jarayonida  ishlatiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, DirectX bu — kerakli dastur bo‘lib, bu dastursiz katta hajmdagi o‘yinlarni o‘ynay olmaysiz.

Bu dastur Windows tizimiga tegishli bo‘lib, o‘yin yaratuvchilar DirectX orqali, o‘yinlarini ma’lum bir qurilmalarga bog‘lanib qolishdan saqlanishadi, ya’ni yaratilayotgan o‘yinlar barcha qurilmalarda bir maromda ishlashi ta’minlanadi. Bu tushuncha faqat umumiy holda, dasturni bajaradigan vazifalari juda ko‘p.

DirectX ichiga quyidagi komponentlar kiradi:

1. DirectInput – boshqaruvchi qurilmalar bilan ishlash.

2. DirectSound – ovoz bilan ishlash.

3. DirectDraw – ikki o‘lchamli grafikalar bilan ishlash

4. Direct3D – uch o‘lchamli grafikalar bilan ishlash.

Bulardan boshqa komponentalar ham mavjud, bular asosiylari hisoblanadi, dasturni bir necha versiyalari mavjud,

Kompyuteringizda DirectX ning qaysi versiyasi o‘rnatilganini ko‘rish uchun quyidagilarni bajarish lozim:

1. «Выполнить«oynasi ochiladi, ya’ni Win+R.

2. «dxdiag» buyrug‘i teriladi.

dxdiag

3. Hosil bo‘lgan oynaning quyi qismida versiyani ko‘rishingiz mumkin, undan tashqari bu oynada kompyuterning boshqa komponentalarini ham ko‘rishingiz mumkin.

versi_directx

DirectX dasturini qaysi operatsion tizim uchun, qaysi versiyasini o‘rnatish lozim? Bu savolga quyidagicha umumiy holda javob berish mumkin:

Windows XP DirectX 9

Windows Vista DirectX 10

Windows 7DirectX 11

Bu qandaydir standart emas, faqat maslahat.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. jaabuu:

    driver ketib qosa nma qilish kere komp yoqilganda abnavit db yonmiyapti

  2. jaabuu:

    disk fleshka xc nma o’qimiyapti qora oyna yonib obnavleniya fayli bop turibdi

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *