Disk hajmi haqida statistika beruvchi utilita — WinDirStat

Kompyuter vinchesteri, bir yoki bir necha mantiqiy qismlarga bo‘lingan bo‘ladi(C, D). Bu qismlar o‘z hajmi va nomiga ega. Mantiqiy qismlarning hajmi to‘lib qolishi, undagi fayllar hajmining yig‘indisi bilan tushuntiriladi. Agar, tizimning mantiqiy disk hajmi to‘lib qolsa, muammolar paydo bo‘lishni boshlaydi, bu esa kompyuter ishiga halaqit beradi.

Kompyuterda fayllar har xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni har xil kengaytma va hajmda. Katta hajmli fayllarga quyidagilar kiradi:

— video fayllar;

— o‘rnatiladigan va ishga tushiriladigan fayllar (install va exe);

— ISO fayllar;

— arxiv fayllari(rar, zip);

Demak, kompyuter hajmini nazorat qilish uchun, yuqoridagi fayllar sonini kuzatib borish lozim. Agar siz birovning kompyuteridan foydalansangiz, kuzatish qiyin kechadi. Chunki istalgan katalogda katta hajmdagi fayllar bo‘lishi mumkin. Siz vinchesterni umumiy strukturasini ko‘ra olmaysiz.

Maqola, kompyuter vinchesterining hajmi va undagi fayllar haqida statistikani ko‘rsatuvchi «WinDirStat» utilitasiga bag‘ishlangan.

Dastlab, WinDirStat utilitasini o‘z saytidan ko‘chirib olamiz va uni o‘rnatamiz(o‘rnatish muammo emas).

So‘ng, dasturni ishga tushiramiz.

windirstat_1

Bu yerda uchta punktni ko‘rishingiz mumkin.

1. Все локальные диски — kompyuterdagi barcha disk va mantiqiy qismlar statistikasi.

2. Индвидуалные диски — tanlangan disk yoki mantiqiy qism haqida statistika.

3. Каталог — tanlangan katalog haqida statistika.

Kerakli punkt va diskni tanlab, davom etamiz, biroz kutamiz va quyidagi oyna hosil bo‘lganini ko‘ramiz.

windirstat_2Chap tomonda tanlangan disklar ro‘yxati va o‘ng tomonda chiroyli grafikda, eng ko‘p hajmga ega bo‘lgan kengaytmalar ro‘yxati kamayish tartibida keltirilgan. Shu statitika orqali, vinchester hajmini tahlil qilib, kerak bo‘lmagan katta hajmdagi fayllarni o‘chirish orqali diskni tozalashingiz mumkin bo‘ladi.

Bu utilita nima ishlar qila oladi?

— tanlangan vinchester yoki mantiqiy qism haqida statistika ko‘rsatish;

— disk hajmlarini foiz hisobida taqdim etish(umumiy hajm, ishlatilgan hajm, bo‘sh joy);

— fayl kengaytmalarini hajm bo‘yicha tartiblash;

— chiroyli grafika;

— tanlangan disk yoki katalog haqida ma’lumot(uning «свойства»si);

— disklarni o‘chirish, tozalash;

— disk haqidagi umumiy ma’lumotlarni hisobot sifatida jo‘natish(sozlash bo‘limidan).

Hulosa qiladigan bo‘lsak, bu utilita orqali, kompyuter vinchesteridagi ma’lumotlarni boshqarish va ular haqida umumiy statistika olishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *