Ko’p qo’llaniladigan formatga ega bo’lgan fayllarni ochish(dasturlar ro’yhati)

Kompyuterda har xil turdagi fayllar mavjud, bu fayllarning formatlari ham xar hil. Hozirda eng ko‘p ishlatiladigan fayl formatlari quyidagilar: doc, xls, pdf, rar, zip, iso, swf, txt va boshqalar. Bulardan tashqari kompyuter faqat o‘zi tushunadigan fayllar ham bor, ularni ochish va o‘zgartirish tavsiya qilinmaydi, ko‘p hollarda ochishga ruhsat ham bermaydi.

Fayllarni ochishda(xatosiz ochishda) fayl formatlarini bilish juda muhim, shunga qarab ularni to‘g‘ri ochib beradigan dastur tanlanadi.

Maqolada, ko‘p ishlatiladigan fayl formatlarini qaysi dasturlar orqali ochish mumkinligini yozib o‘taman.

Dastlab, siz ochmoqchi bo‘lgan fayl formatini qanday bilish kerakligini ko‘rsataman. Fayl belgilanadi va sichqonchani o‘ng tugmasini bosgan holda «Свойства» menyusi tanlanadi va hosil bo‘lgan oynadan «Тип файла» qismi orqali, fayl formati bilib olinadi.

file_format

Formatni bilib oldik endi formatga qarab qaysi dastur kerak bo‘lishini bilib olamiz, demak, ma’lum bir formatga tegishli bo‘lgan formatlarni ochish kerak bo‘ladigan dasturlar ro‘yxati:

ISO — «образ» fayli hisoblanadi, o‘yinlar, dasturlar, operatsion tizimlar shu formatda bo‘lishi mumkin. Quyidagi dasturlar orqali ochish mumkin:

— Daemon Tools Lite

— WinRar

— PowerISO

— UltraISO

— ISO Master

SWF — Adobe Flash fayli hisoblanadi. Har xil interaktiv xizmatlar — o‘yinlar, animatsiyali roliklar bo‘lishi mumkin. Adobe Flash Player orqali ochish mumkin. Agar brauzeringizda Flash plagin qo‘yilgan bo‘lsa, u bilan ham ochish mumkin.

FLV, MKV — video rolik yoki filmlarda qo‘llaniladigan format. Bu formatni ochish uchun, Windows tizimiga K-Lite Codec Pack kodekini o‘rnatish lozim, aks holda bu formatni ocha olmaysiz, ochishingiz mumkin, lekin xato(Ovoz bor video yo‘q, video bor ovoz yo‘q) bilan ochasiz.

PDF — asosan kitoblar uchun format, lekin kitoblardan tashqari, jurnallar, qo‘llanmalar ham shu formatda tayyorlanishi mumkin. Bu formatni ochadigan dasturlar:

— Adobe Reader

— Foxit Reader

— PDF Master

— Sumatra PDF

— STDU Viewer

DJVU — bu format ham asosan kitoblar uchundir, bu formatdagi fayl hajmi kichikroq bo‘ladi, chunki fayl shu format orqali siqilgandir. Bu formatli faylni ochadigan dasturlar:

—  WinDjView

— DJVU Reader

— DJVU Viewer

— Sumatra PDF

— STDU Viewer

FB2 — bu format elektron kitoblar uchun chiqarilgan format. Asosan elektron kitoblarni o‘qish uchun mo‘ljallangan BookReader qurilmasi ishlatadi. Shunday bo‘lsa ham, bu formatdagi kitoblarni Windows tizimida ham ochish kerak bo‘lib qoladi. Bunday holda, sizga quyidagi dasturlardan biri kerak bo‘ladi:

— FB2 Reader

— Calibre

— STDU Viewer

— CoolReader

— AIReader

DOCX — Microsoft Word formati hisoblanadi, ochish mumkin bo‘lgan dasturlar:

— Microsoft Word 2007/2010

— File Viewer Lite

— Microsoft Word Viewer

— Microsoft SkyDrive

RAR, ZIP, 7z — arxivga tegishli bo‘lgan formatlar. Bu formatlar orqali fayllar siqilgan holda saqlanadi, bu formatni ochadigan dasturlar:

— WinRar

— Hamster Lite Archive

— 7-ZIP

— WinZip

— PeaZip

PPT — prezentatsiyalarni o‘zida saqlaydigan microsoft’ga tegishli bo‘lgan format. Bu formatni ochib beraoladigan dasturlar:

— Microsoft Power Point

— PPT Viewer

— FileViewPro

— kingsoft Presentation Free

JPG, PNG, BMP, GIF — har xil turdagi rasmlar uchun format, ularni hammasini quyidagi dasturlar ochib bera oladi:

— Adobe Photoshop

— Microsoft Windows Photo Gallery Viewer

— ACDSee Photo Manager

RTF — katta hajmdagi matnlarni saqlash uchun format. Formatni yaxshi ochib beraoladigan dasturlar:

— Microsoft Word

— WordPad

— Open Office

— TextMaker Viewer

3GP — mobil telefon orqali olingan video format. Hajmi ham ancha kichik bo‘ladi, quyidagi dasturlar bu formatni Windows tizimida ochadi:

— K-Lite Mega Codec Pack

— Light Alloy

— Media Player Classic

— QuickTime Player

TXT, LOG, XML, INI, CFG — barchasi, yozuv ko‘rinishidagi fayl formatlari. Matnni o‘qiy oladigan istalgan dastur bilan ochish mumkin:

— Notepad

— Notepad ++

— Microsoft Word

— WordPad

— AkelPad

MP3, Wav — musiqaga oid format, wav haqiqiy musiqa formati bo‘lsa, mp3 shu formatni ancha siqilgan ko‘rinishi, bularni ochib beradigan dasturlar:

— Real Player

— Winamp

— Windows Media Player

— QuickTime Player

— FormatFactory

Asosiy va ko‘p ishlatiladigan formatlar shulardan iborat, agar sizga notanish format uchrab qolsa, dastlab uni Notepad’da ochib ko‘ring, agar ochilmasa keyin boshqa dastur qidirishga kirishing.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. x:

    Do not Levitra pen ebay Buy cialis x pills online usa Medical uses for viagra Viagra ohne rezept online .

  2. Bekmurod:

    Salom android telelonda djvu faylni ochsa bõladimi va buning uchun qanday dastur kerak bõladi menga?javob uchun rahmat

  3. Salom. Shu saytimni rek qilib bersangiz degandim

  4. for:

    Wwwfreeviagracom , recommended dosage for link for you cialis .

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *