Operatsion tizim yuklatuvchisi haqida(Boot Loader)

Kompyuter foydalanuvchilari bilan suhbat davomida shuni bildimki, ko‘pchilik operatsion tizim yuklatuvchisi(zagruzchik operatsionnoy sistemы, OS loader) haqida bilmas ekan. To‘g‘ri, oddiy foydalanuvchi uchun buni bilish shart emas, lekin baribir bir kunmas-bir kun albatta duch kelishadi(ko‘p hollarda xato paydo bo‘lganda yoki ikkita tizim o‘rnatilganda). Maqolada, shu haqida qisqacha yozib o‘tmoqchiman.

Bu yuklatuvchi nafaqat windows tizimida, balki barcha operatsion tizimlarida mavjud(Linux, Mac,…) bo‘lib, kichik bir dastur hisoblanadi. Kompyuter yonganda, qattiq disk(HDD)orqali operatsion tizim yuklanadi va darhol dastur(yuklatuvchi) ishga tushadi, ya’ni shu yuklatuvchi tizimni ishga tushiradi. uning vazifasi tizim yadrosini ishga tushirish, agar bunday yadrolar bir necha bo‘lsa, foydalanuvchiga tanlash imkonini beruvchi oynani ham chiqaradi.

windowsloader_1

Bu ishlardan asosiy maqsad, operatsion tizim yadrosini tezkor(operativ) xotiraga yuklash, qachonki yuklash amalga oshgandan so‘ng, ish faoliyat operatsion tizim o‘rnatilgan diskning aktiv qismiga o‘tadi va operatsion tizim to‘liq yuklanishni boshlaydi. Tizim yadrosi faqat qattiq diskdan emas, tarmoq yoki tashqi qurilma orqali ham tezkor xotiraga yuklanishi mumkin, buning ahamiyati yo‘q, hammasida yuklatuvchi dastur ishga tushadi.

Bu dastur operatsion tizimda bitta fayl ko‘rinishida(odatda) namoyon bo‘ladi, agar bu faylni o‘chirib tashlasangiz yoki virus orqali zararlansa, operatsion tizim umuman yuklanmaydi.  Bundan ko‘rinib turibdiki, bu fayl juda kerakli hisoblanadi, hattoki bu faylni oddiy o‘chirish yo‘li bilan ham o‘chira olmaysiz.

Barcha tizimlarda operatsion tizim yuklatuvchisi mavjud bo‘lib, tizim turiga qarab har xil nomda nomlanadi. Quyida asosiy operatsion tizim yuklanuvchilari nomi keltirilgan.

NTLDR — WindowsXP’gacha bo‘lgan tizim yadrosini yuklatuvchi dastur.

Windows Boot Manager (bootmgr)— Windows 7, Windows 8 yadrosini yuklatuvchi dastur.

LILO(Linux Loader), GRUB(Grand Unified Bootloader) — Linux yadrosini yuklatuvchi dastur.

OS/2 Boot Manager — OS/2 yadrosini yuklatuvchi dastur.

SILO — Sparc arxitekturali Solaris va Linux yadrosini yuklatuvchi dastur.

BootX — Mac yadrosini yuklatuvchi dastur.

Bulardan boshqa operatsion tizim yadrosini yuklatuvchi dasturlar ham bor: Das U-Boot, uMon, RedBoot, SyMon.

Demak, bilib oling, yuqoridagi terminlardan biri uchrab qolsa, bilinki bular yuklatuvchi dasturlar, vazifasi bir hil, operatsion tizim yadrosini yuklab berish.

Bu terminlardan NTLDR, Bootmgr kabilarni eshitgan bo‘lishingiz mumkin, ayniqsa yomon xabar bilan: NTLDR is missing(Windows Xp tizimida yoki Bootmgr is missing(Windows 7 tizimida).

Bu xatoliklar aynan yuklanuvchi dastur ishga yaroqsiz bo‘lganda paydo bo‘ladi. Keyingi maqolada aynan shu xatoni chiqish sabablarini yozib o‘taman, keyinroq esa ularni bartaraf etish yo‘llarini.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Android:

    Yaqshi maqolalar va kerakli ma’lumotalar berilib boriliybadi, shu tariqa davom etsa sayt rivojlanishi aniq

  2. Behzod:

    Menung kompyutreimda huddi shunday muammo bolyapti win7 tizim ornatmoqchiman lekin c diskga yuklab bolmayapti sitemani ornatish bpyicha maslaxat bersangiz

  3. buy viagra generic For Women Available In India in Mission Bend .

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *