O’rnatilgan dasturlarni to’g’ri o’chiruvchi va ular haqida ma’lumot beruvchi utilita — MyUninstaller

Kompyuteringizga ko‘p dasturlarni o‘rnatganingizdan so‘ng, ularni boshqarish biroz qiyinlashadi. Har bir dastur xar hil joyga o‘rnatilgan bo‘ladi va ularni eslab qolishning imkoni yo‘q. Bu dasturlarnining bir nechtasini o‘chirishda ham, biroz qiyinchilikka duch kelasiz, chunki ularni navbatma-navbat o‘chirish kerak bo‘ladi(bir payta bir nechtasini o‘chira olmaysiz). Undan tashqari operatsion tizimingizni qaytadan o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, o‘rnatilgan dasturlarni nomma-nom yozib olishingiz kerak bo‘ladi(agar xammasini yana qaytadan o‘rnatmoqi bo‘lsangiz). Ko‘rib turganingizdek, ko‘p dasturlar o‘rnatilgan kompyuter biroz boshqarishga noqulayroq.

YUqoridagi muammolarni yechimini bitta kichkina MyUninstaller nomli utilitadan topdim. Nimaga aynan bu utiliti:

1. Uy sharoitida foydalanish tekin.

2. O‘rnatilgan dasturni to‘liq(kompleks) o‘chirish imkoni.

3. O‘rnatilgan har bir dastur haqida to‘liq ma’lumot(dastur nomi, o‘rnatilgan joyi, sayti, o‘rnatilgan sana, versiyasi, kompaniyasi,…)ning mavjudligi.

4. Dasturni ruslashtirish imkoni mavjudligi.

5. O‘rnatilgan barcha dasturlar ro‘yxatini matn(txt) yoki HTML ko‘rinishida saqlash mumkinligi.

6. Juda qulay interfeys, qo‘llanma ham kerak emas.

7. Dasturni o‘rnatilmasligi, ya’ni dastur arxivdan ochiladi va ishga tushiriladi(dastur o‘zi kompyuterni skaner qiladi va hamma o‘rnatilgan dasturlarni topadi).

8. Bir vaqtning o‘zida bir necha dasturni o‘chirish imkoni mavjudligi.

MyUninstaller  dasturini yuklab olamiz va uni ishga tushiramiz. Biroz kutgandan so‘ng, barcha dasturlar ro‘yxati chiqadi.

myuninstaller_1

Kerakli dasturni belgilab, sichqonchani o‘ng tugmasini bosib, «Properties«ni tanlasangiz, u haqida to‘liq axborotga ega bo‘lasiz.

YUqorida yozib o‘tgan barcha punktlarni, shu kichik dastur ichidan topishingiz mumkin. O‘chirishga kelsak, bitta dasturni o‘chirishga berib. keyingisini ham o‘chirib yuborsa bo‘ladi(parallel o‘chirish).

Xullas, kompyuteringizga o‘rnatilgan barcha dasturlarni to‘liq boshqarish imkonini beruvchi yaxshi bir utiliti.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. buy:

    Can women take should buy viagra online for men, viagra bad side effects .

  2. for:

    Wwwfreeviagracom , recommended dosage for link for you cialis .

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *