Qanday qilib «Bootmgr(NTLDR) is missing» xatosini tuzatish mumkin?

NTLDR yoki Bootmgr tizim fayllariga oid xatolikni chiqish sabablari haqida «Nima sababdan NTLDR(Bootmgr) is missing Press… xato chiqadi » nomli maqolada yozib o‘tgan edim. Endi shu muammolarni yechimini birma-bir ko‘rsatib o‘taman. Asosiy narsani aytib o‘tsam, NTLDR xatolik WindowsXP operatsion tizimida, Bootmgr xatolik esa, Windows 7 tizimi o‘rnatilgan holda chiqishi mumkin. Bu maqolada Windows 7 dagi xatoni(bootmgr is missing) yechishga harakat qilaman:

1. Windows yuklanayotganda, F8 tugmasi bosgan holda, «Дополнительные варианты загрузки» oynasini ochib, u yerdan «Устранение неполадок компьютера» yozuvi tanlash lozim.

ntldr_bootmgr_1

2. Agar yuqoridagi oyna hosil bo‘lmasa, demak aktiv razdel(zaxira disk)dan bootmgr o‘chirilgan. Bu faylni Windows o‘rnatiladigan diskdan qayta tiklaymiz. Operatsion tizim diskidan yuklanib, «Восстановления системы» oynasini ochamiz.

ntldr_2

Shundan so‘ng, xatolik tahlil qilinadi va avtomat to‘g‘irlash mumkinligi ko‘rsatiladi, «Исправить и перезапустить» tugmasini bosib, to‘g‘irlashni amalga oshiramiz.

ntldr_bootmgr_3

Ko‘p hollarda bu usul o‘tmasligi mumkin.  Bu holda yana operatsion tizim diskidan yuklanib, yuqoridagi holatgacha kelamiz, lekin «Исправить и перезапустить» tugmasini bosmasdan, «Далее» tugmasiga o‘tamiz va yana «Далее«

ntldr_bootmgr_4

Qayta tiklashni davom ettiramiz. «Командная строка» oynasini ochib olamiz.

ntldr_bootmgr_5

Maqsad, operatsion tizim diskidan, kompyuterga bootmgr faylini ko‘chirish. Buyruqlar qatori oynasi orqali zaxira disk nomini bilib olib, u yerga bootmgr faylini operatsion tizim diskidan ko‘chiramiz. Uning uchun quyidagi buyruqlarni ketma-ket yozamiz.

 

diskpart
list volume

Bu komanda orqali zaxira diskimizni ko‘rib olamiz(mening holimda bu disk C:\).

Endi diskpart’dan chiqib(exit), faylni ko‘chiramiz.

copy bootmgr C:\

barcha buyruq va natijalar rasmda aks ettirilgan.

ntldr_bootmgr_6

Shundan so‘ng, komyuterni qayta yuklaymiz va xato yo‘qolganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

3. Agar shunda ham xato chiqaversa, demak, kompyuter boshqa diskdan yuklanayotgan bo‘lishi mumkin. Uni ham to‘g‘irlaymiz, uning uchun biosga kirib, Boot -> Hard Disk Drives oynasini ochamiz.

ntldr_bootmgr_7

Yuklanayotgan disklar ketma-ketligi ko‘ramiz, agar kompyuter batareysi ishdan chiqgan bo‘lsa yoki batareya almashgan bo‘lsa, sozlashlar o‘zgarib qoladi, natijada kompyuter boshqa qattiq diskdan yuklanib, xato bergan bo‘lishi mumkin.

ntldr_bootmgr_8

Yuklanishi lozim bo‘lgan diskni topib, uni asosiy yuklanuvchi disk qilib o‘rnatamiz(misolda, Maxtor vinchesteri asosiy qilinmoqda).

ntldr_bootmgr_9

Shundan so‘ng, kompyuterni yuklab, ishlashimiz mumkin bo‘ladi.

4. Zaxiralangan disk passiv holda bo‘lishi mumkin, uni aktiv holga olib kelish kerak. Uning uchun 2-usuldagi kabi «Командная строка» oynasini ochib olamiz va quyidagilarni teramiz.

 

diskpart
list disk

disklar ro‘yxatini ko‘rib olamiz va operatsion disk o‘rnatilgan diskni bilamiz(bizning holda disk 0)

sel disk 0

tizim diskini tanlaymiz.

list part

tizim diski qismlarini(razdel, partition)ro‘yxatini ko‘ramiz va zaxira disk qismini nomerini bilib olamiz(bizning holda 1).

sel part 1

zaxira qismni tanlaymiz.

active

tanlangan qismni aktivlashtiramiz.

Quyida barcha qilingan ishlar rasm shaklida berilgan.

ntldr_bootmgr_10

Shu yechimlar asosiy yechimlar hisoblanadi, bulardan tashqarilari ham bor, lekin ular kam uchraydi: biosni yangilash, vinchester ulagichlari nosoz,…

Agar ham windows ham Linux tizimlari kelishmasligida muammo bo‘lsa, ularning bittasini uzib, ishlatib ko‘ring.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *