Qanday qilib brauzerda JavaScript kodlarini ishlatish mumkin(Chrome, Mozilla, Opera, IE)

Hozirda ko‘p saytlarda JavaScript kodlari ishlatilmoqda. Bu kodlar orqali brauzerni yuklamasdan biror ishni bajarish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, javascript kodlari orqali har xil buzg‘unchi ishlarni ham qilishmoqda. Shularni hisobga olgan holda, brauzerlarda javascript kodlarini ishlashini bloklab qo‘yish funksiyasi bor.

Agar siz javascript kodlarini ishlashini bloklab qo‘ysangiz, sayt o‘z funksional vazifisini bajara olmay qolishi mumkin, bir so‘z bilan aytganda sayt to‘g‘ri ishlamaydi. Bu esa ko‘p hollarda, sayt chala tuzilgan, oxiriga yetmagan sayt ekan degan xulosaga kelishimizga sabab bo‘ladi. Saytga baho berishdan oldin, albatta javascript kodlari ishlashi brauzer tomonidan ruhsat berilganligini tekshirib ko‘ring.

Maqolada, brauzer orqali javascript kodlarini ishlash yoki ishlamasligini aniqlashtiradigan funksiyasini yoqish(o‘chirish)ni qanday amalga oshirish kerakligini ko‘rsataman.

Har xil brauzerlarda javascript kodlarini ishlashiga ruhsat beramiz:

Google Chrome.

1. Меню(Customize and control Google Chrome) -> Настройки(Settings)

2. Показать дополнительные настройки(Show advanced settings…)

3. Личные данные(Privacy) -> Настройки контента(Content settings…)

4. Javascript -> Разрешить всем сайтам использовать JavaScript(рекомендуется)( Allow all sites to run JavaScript (recommended))

5. Готово(OK).

on_javascript_1

Mozilla:

1. Adres qatoriga quyidagi yozuvni yozamiz va ENTER(albatta ehtiyot bo‘lamiz degan xabarni o‘qiymiz va rozi bo‘lamiz): about:config

2. Qidirish qatoriga yozamiz: javascript:enabled

3. Topilgan yozuvga(jaavascript:enabled) ikki martta bosib, qiymatini «true» qilamiz.

on_javascript_2

Opera:

1. Menyu(Menu) -> Настройки(Settings) -> Быстрые настройки(Quick preferences) -> Включить JavaScript(Enable Javascript).

on_javascript_3

Internet Explorer>9

1. Меnyu(Menu) -> Свойства обозревателя(Internet Options)

2. Вкладка Безопасность(Security)

3. Internet -> Другой(Customlevel…)

on_javascript_4

4. Сценарии(Scripting) -> Активные сценарии(Active Scripting)  -> Включить(Enable).

5. OK

on_javascript_5

Javascript kodlarini yoqqanigizdan so‘ng, kerakli saytni qayta yuklang.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *