Qanday qilib protsessordagi yadrolar sonini bilish mumkin?

Hozirgi kunda, kompyuterdagi protsessorlarning turlari va texnologiyalari rivojlanib bormoqda, bunga sabab axborotlarni qayta ishlash jarayoni tezlashmoqda. Shu sababli protsessorlar bir necha yadrolar(cores)da ishlaydigan qilib yaratilmoqda. Qancha yadrolar soni katta bo‘lsa, shuncha kompyuter quvvatliroq bo‘ladi.

Yadrolarlar protsessor turiga qarab, bir necha bo‘lshi mumkin: ikki yadroli, to‘rt yadroli, sakkiz yadroli(serverlarda),…

Yadro tushunchasi bo‘lmagan paytlarda, protsessorlar asosan takt chastotasi orqali o‘lchanar edi, keyinchalik yadrolar soni yaratilib, chastotalar ikkinchi darajaga tushdi.

Yadro tushunchasini tushuntiradigan bo‘lsam, agar protsessor bir yadroli bo‘lsa, foydalanuvchi biror hujjatni qayta ishlashga berganda, qolgan hujjatlar kutib turadi, ya’ni ketma-ket ishlash amalga oshiriladi. Bu bir oz kutishni talab qiladi, ikki yadroli protsessorlar ishlab chiqarilgandan so‘ng, protsessorlar ikki amalni parallel bajaradigan bo‘lishdi, bu tezlikni anchaga oshirdi.

yadro tushunchasiga ega bo‘ldingiz, endi protsessoringiz necha yadroliligini aniqlaymiz, buning bir necha usullari mavjud.

1. Пуск -> Мой компьютер -> к/м -> Свойствo

core_1

Диспетчер устройств -> Процессоры

core_2

Demak, bu protsessor ikki yadroli ekan. Agar sizning protsessoringizda Hyper-threading texnologiyasi mavjud bo‘lsa(Intel protsessorida bo‘ladi), bu usul sizga biroz noto‘g‘ri ma’lumot beradi. Chunki, bu texnologiyada har bir yadroda alohida-alohida oqim mavjud bo‘ladi va sizga ikki yadroli emas, balki ko‘proq qilib ko‘rsatadi(2 barobar ko‘p).

Bunday holda aniq yadrolar sonini bilish uchun ikkinchi usuldan foydalaning.

2. Maxsus utilita orqali haqiqiy yadrolar va oqimlar sonini bilish mumkin. Bu dastur CPU-Z deb nomlanadi va uni o‘z saytidan yuklab olishingiz mumkin(cpuid.com).

Utilitani ishga tushirasiz va Cores(yadrolar) va Threads(oqimlar soni) punktlariga qaraysiz.

core_3

3. CTRL+ALT+DELETE yoki CTRL+SHIFT+ESC tugmalarini bosgan holda, «Диспетчер задач Windows» oynasini ochamiz va «Быстродействие» vkladkasiga o‘tamiz. Bu yerda ham, agar Hyper-threading texnologiyasi mavjud bo‘lsa ko‘proq yadro ko‘rsatiladi.

core_4

4. Protsessor nomiga qarab ham aniqlash mumkin, misol uchun AMD protsessori bo‘lsa, «X» oldidagi raqamga qarash lozim. X2 — ikki yadroli,…

Agar Intel protsessori bo‘lsa, Core 2 Duo, Dual — bular ikki yadroli, Quad — to‘rt yadroli.

YUqoridagilardan tashqari BIOS‘ga kirib ham aniqlash mumkin, lekin shuncha imkoniyat mavjud bo‘lganda, BIOS’ga kirishning nima keragi bor.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Oybek:

    2ta 2.16 ghz yaxshimi lekin tezlik zor xali xotirani 85%bosh

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *