Qanday qilib «Windows Welcome» oynasidagi klaviatura tilini o’zgartirish mumkin(ingliz tiliga)

Operatsion tizim va undagi fayllar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, shu tizimni ishlatadigan foydalanuvchilarda, foydalanuvchi nomi va paroli degan shaxsiy ma’lumotlari bo‘ladi. Bu ma’lumotlar shaxsiy kompyuterni boshqa bir shaxsdan himoyalash uchun chiqarilgan. Operatsion tizim yuklangandan so‘ng, undan to‘liq foydalanish uchun, foydalanuvchining yuqorida ta’kidlagan ma’lumotlari so‘raladi va bu ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritilsa, operatsion tizim ishlash uchun asosiy oynasini ochib beradi. Bu texnologiya autentifikatsiya deyiladi.

Windows operatsion tizimida ham shu texnologiya mavjud, buni hamma biladi va har kuni kamida bir marotaba bu ishni bajaradi.

windows-7-locked

Odatda, ko‘pchilik tizimdan foydalanishda ingliz tili klaviaturasidan foydalanadi, ingliz tilida yoki lotin yozuvida yozish uchun. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Windows tizimini ruscha variantini o‘rnatishadi va odatiy yoziladigan klaviatura sifatida ingliz tili klaviaturasini tanlashadi.

Natijada, operatsion tizimga kirishda, ya’ni foydalanuvchi parolini kiritishda asosiy klaviatura sifatida rus tili klaviaturasi chiqadi, lekin parol lotin yozuvida kiritilishi kerak. Ko‘pchilik ingliz tili klaviaturasiga o‘rganganligi sababli, klaviatura qandayligiga qaramasdan parolni terib ketadi, natijada ingliz tilida kiritish kerak bo‘lgan parol, ruschada kiritiladi va xato beradi. Kimdir bu xatoni darhol anglaydi, kimdir esa, parolni qaytadan kiritishga harakat qiladi, natija esa yana xato bilan tugaydi. Bu muammo kichik ko‘rinishi mumkin, lekin bu muammo bilan har kim, katta ehtimollik bilan har kuni to‘qnashadi(o‘zim bunga misol bo‘laolaman). Agar parol qisqa bo‘lsa, hech qisi yo‘q, agar uzun bo‘lsa, qaytadan kiritish odamga yoqmaydi. Ba’zida har safar tilni o‘zgartirib, keyin parol terish ortiqcha ishday tuyuladi.

Maqolada, siz uchun asosiy til klaviaturasi(ingliz tili klaviaturasi)ni, tizimga kirish oynasida(окна приветствие) ham asosiy til klaviaturasi sifatida belgilashni ko‘rsataman. Shunda siz, parolni qaysi til klaviaturasi turganiga qaramasdan kiritaverasiz. Muammo arzimas tuyulishi mumkin, lekin bu sal bo‘lsa ham asabni asraydi :).  2 ta usuli bor(Windows 7 tizmida ko‘rsataman, Windows boshqa distributivlarida ham ishlashi kerak):

1. Reestr orqali. Resstrga kiramiz, Win+R -> regedit

regedit

Quyidagi adresga o‘tamiz: HKEY_USERS\.DEFAULT\Keyboard Layout\Preload

bu adresda 1 va 2 o‘rinlar bor, birinchisi sifatida ingliz tilini o‘rnatish kerak, ikkinchisi sifatda esa ruscha, tillarni kod raqamlari bor:

00000409 — ingliz tili klaviatruasi

00000419 — rus tili klaviaturasi.

reyestrning bu qsimi quyidagi holga kelish kerak:

Keyboard_layout

2. Grafik orqali. Quyidagi menyuga kiriladi:

ПУСК -> Панель управления -> Язык и региональные стандарты -> Дополнительно(вкладка) -> Копировать параметры

kopirovat_parametri

Bu yerda quyidagi ikkitasini belgilaymiz:

Экран приветствие и системные учетные записи;

Новые учетные записи пользователей.

language_change

Bunda, Windows tizimida qaysi til asosiy bo‘lsa, kirishda(окна приветствие)  ham shu til birinchida bo‘ladi.

window_hi1

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *