RUFUS utilitasi orqali yuklanuvchi fleshkani hosil qilish

Windows operatsion tizimini fleshka orqali o‘rnatishni, diskpart(Command line orqali) orqali o‘rnatishni ko‘rsatib o‘tgan edim. Bu usulda o‘rnatish uchun bir necha buyruqlarni terish kerak bo‘lar edi, shu sababli savollar ham ko‘payib ketti. Bir xil insonlarga bu usul unchalik xush kelmadi, shularni inobatga olib, bu maqolada bitta utilita orqali USB fleshkani «Загрузочный» qilishni ko‘rsatib o‘taman.

Buning uchun bizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

1. USB fleshka, kamida 4 GB(operatsion tizim ISO fayliga qarab katta hajmli ham bo‘lishi mumkin).

2. Windows tizimining ISO fayli.

3. «rufus» utilitasi.

Dastlab, «rufus» utilitasini o‘zining saytidan yuklab olamiz. Bu dastur ochiq kodli va tekin hisoblanadi, hajmi ham juda kichkina. Shundan so‘ng, bu utilitani ishga tushiramiz va quyidagi oynani ko‘ramiz(bungacha fleshkani kompyuterga ulagan bo‘lishimiz lozim).

rufus_1

Bu oynadan quyidagilarni belgilaymiz:

Устройство: Kompyuterga ulangan fleshka nomi.

Схема раздела и тип…: Agar vinchester 2,2Tbdan katta bo‘lsa GPT , aks holda MBR ishlatiladi. Katta hajmdagi disklar bilan eskiroq  bo‘lgan MBR(Master Boot Recorder) ishlay olmaydi. Bu haqida unchalik ma’lumotga ega emasman, to‘liq biladiganlar kommentariyaga yozib qoldirishilar mumkin. Xullas, qanday bo‘lsa, shunday qoldiramiz.

Файловая система: NTFS

Размер кластера: 4096 bayt

Метка: Nom beramiz.

Qolgan punktlardan, «Быстрое форматирование» va «Cоздать загрузочный диск»  lar belgilanishi shart. So‘ng, disk belgisini bosib, o‘rnatilishi lozim bo‘lgan tizim ISO faylini qidirib, belgilaymiz.

rufus_2

Shundan keyin, «Старт» tugmasini bosib, barcha ma’lumotlar o‘chib ketishi haqidagi ma’lumotga rozi bo‘lamiz(OK).

rufus_3

Fleshka ichiga fayllar ko‘chirilishi boshlanadi.

rufus_4

Ko‘chirib bo‘lgandan so‘ng, fleshkani kompyuterdan sug‘urib olmasdan, kompyuterni qayta yuklaymiz va yonayotganda fleshkadan o‘qish kerakligini BIOSda ko‘rsatib o‘tamiz va tizimni o‘rnatishni fleshkadan amalga oshiramiz.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *