SSH, Telnet, rlogin protokollari orqali serverlarni boshqaruvchi utilita — PuTTY

Putty — masofaviy kompyuter(server)larni SSH, Telnet, rlogin protokollari orqali boshqarishni amalga oshirib beruvchi, uy sharoitida foydalanish tekin bo‘lgan klient dastur hisoblanadi. «C» dasturlash tilida yozilgan bo‘lib, masofada turgan kompyuter(server)ni  terminal orqali to‘liq boshqarishni amalga oshirib beradi, qisqa qilib aytganda tarmoq va tizim administratorlarining eng sevimli dasturi. Dasturni o‘z saytidan yuklab olishingiz mumkin.

Ko‘pchilik bu klient orqali, windows operatsion tizimidan turib, «SSH» protokoli orqali masofada turgan «Linux» serveriga ulanib, uni sozlashni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Juda kichik va juda sodda dastur hisoblanadi. Bir paytning o‘zida bir necha server bilan ulanib, ishlash mumkin.

Keling endi biror serverga ulanib ko‘ramiz, dasturni ishga tushirib, kerakli joylarga quyidagilarni kiritamiz.

Host Name(or IP address): Server nomi yoki uning IP adresi — 192.168.172.1(misol uchun).

Port: ulanadigan port raqami — 22(SSH protokoli uchun).

Connection type: SSH(protokol nomi).

OPEN

putty_1

Shundan so‘ng, server foydalanuvchisi nomi va paroli kiritiladi va siz uchun serverdagi terminal(serverda ishlash uchun) ochib beriladi.

Agar serverlariz ko‘p bo‘lsa, har safar qaytadan ularning IP adresini kiritish siz uchun og‘ir bo‘lsa, bir marotaba kiritib, shu sessiyani saqlab qo‘ying, ya’ni

Saved Sessions: sessiya nomi(istalgan nom) va Save tugmasi.

putty_2

Utilitni sozlash, uni ishga tushirganingizdan so‘ng paydo bo‘ladigan oynaning, chap tomonidan amalga oshiriladi. Misol uchun kodirovkani almashtirmoqchi bo‘lsangiz, chap tomondan

Window -> Translation -> Received data….  kirish kifoya.

putty_3

Putty o‘zida quyidagi utilitlarni mujassamlashtirishi mumkin:

— Putty: Telnet va SSH klient;

— PSCP: SCP klient — terminal orqali shifrlangan protokol orqali fayllarni ko‘chirish;

— PSFTP: SFTP klient — FTP orqali fayllar almashinuvi;

— PuttyTel: alohida telnet klient;

— Plink:  Putty terminali uchun interfeys;

— Puttygen: RSA va DSA kalitlar hosil qilish;

— Pterm: Unix tizimi uchun terminal emulyatori.

Siz bu utilitlarni to‘liq yoki alohida o‘rnatishingiz mumkin.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *