Svchost.exe protsessini boshqaruvchi utilita — Process Explorer

Windows operatsion tizimida mashhur svchost.exe nomli protsess bo‘lib, bu protsess orqali bir necha xizmatlar(служба) ishga tushiriladi. Agar svchost.exe protsessi haqida ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, svchost.exe nima? nomli maqolani o‘qib chiqing, juda tushunarli qilib yozilgan.

Aytib o‘tilganidek, operatsion tizim shaxsiy xizmatlari aynan shu protsessga bog‘liq, shuning uchun bilib-bilmasdan bu protsesslarni o‘chirmang.
Xizmatlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, svchost.exe protsessi ham ko‘proq bo‘ladi, bu esa operativ xotirani sarfiga olib keladi. Shuning uchun kerak emas xizmatlarni o‘chirib yuring.

Qaysi svchost.exe protsessi qaysi xizmatlar ishlaganda paydo bo‘lganini ko‘rish uchun, Process Explorer nomli utilitadan foydalanmiz. Bu utilita ishlayotgan svchost.exe protsessini aynan qaysi xizmatlar ishga tushirganini ko‘rsatib beradi. Odatda operatsion tizimda bir necha shu nomdagi protsesslar ishlaydi,  ularni nomlanishi bir xil, ularni o‘zingiz ajrata olmaysiz.

Demak, utilitani ko‘chirib olib, uni ishga tushiramiz(o‘rnatilish talab qilinmaydi).

processmanager_1

Biror svchost.exe faylini tanlab, ustiga ikki martta bosib, services vkladkasiga kirsangiz, shu protsessga tegishli barcha xizmatlarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

processmanager_2

Shu tariqa barcha xizmatlarni boshqarish mumkin, kerak emas xizmatni bilib, uni o‘chirish mumkin bo‘ladi.

Xizmatni o‘chirish uchun,

Выполнить -> services.msc

orqali, «Services» oynasini ochib, o‘chirish kerak bo‘lgan xizmat ustiga ikki martta bosiladi va «StartUp type» qismidan «Disable» beriladi(agar to‘liq o‘chirish kerak bo‘lsa), agar faqat shu sessiya uchun o‘chirish kerak bo‘lsa, Stop tugmasi bosiladi.

processmanager_3

Shu tariqa svchost.exe protsessini kamaytirishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *