Virtualizatsiya masalasi: Oracle VirtualBox yoki VMWare Workstation

Virtual mashinalar bilan ishlashda ko’pchilik asosan ikkita virtualizatsiya platformasiga(dastur deb yuritaman) duch kelishadi: Oracle VirtualBox, VMWare. Bulardan boshqalari ham bor, lekin ular unchalik mashhur emas. Shu ikki dasturni tanlashda juda ko’p bahslar vujudga keladi. Bu maqolada iloji boricha ikkisini ham yoritib berishga harakat qilaman, ya’ni kamchilik va afzalliklarini ko’rsataman. Oldindan aytadigan bo’lsam, virtualizatsiya bilan endi shug’ullanishni boshlaganlar uchun Oracle VirtualBox yaxshi tanlov.

Oldin qisqacha virtualizatsiya haqida, virtualizatsiya bu bitta fizik mashinadan(kompyuter, server,..) bir necha virtual mashinalar hosil qilishdir. Fizik mashinalarning resurslari, virtual mashinalarga taqsimlanib, bu virtual mashinalar alohida o’zi ishlaydi. O’zining protsessori, hotirasi, vinchesteri, operatsion tizimi bo’ladi.

Virtual mashinalar hosil qilish uchun bizga yuqorida aytib o’tilgan platforma(VirtualBox, Vmware)lardan biri  kerak bo’ladi. Dastlab Oracle VirtualBox dasturining avzallik tomonlarini yozib o’taman:

  • Bu dastur bepul taqdim etiladi, Vmware 200$ atrofida;
  • bu dastur orqali hosil qilingan virtual mashinalarga Windows, Linux, MacOS, Solaris kabi operatsion tizimlar qo’yish mumkin;
  • bir necha formatlar bilan ishlay oladi: vdmk, vhd, vdi;
  • dasturning hajmi juda kichik;
  • qo’llanmasiz bemalol ishlatishingiz mumkin, juda sodda dastur, VMWare biroz qiyinroq;
  • hajmi kamroq, taxminan 100MB, VMWare esa 300MB;
  • ishlashi tezroq.

VMWare avfzalliklari:

  • Texnik qo’llab quvvatlash yaxshi yo’lga qo’yilgan;
  • virtual mashinalar uchun ajratilgan RAM kerak bo’lganda, ya’ni virtual mashinaga yuklama tushganda asosiy operatsion tizimdan olishni boshlayi, birdaniga ajratilgan hamma joyni olmaydi;
  • BIOS’ga bemalol kirish mumkin;
  • qo’shimcha funksiyalari ko’p.

Umuman olganda VMWare asossan serverlarga qo’yiladi, VirtualBox esa uy kompyuterlariga va yuklama kamroq tushadigan vazaifalar bo’lsa, shunda qo’yiladi. Agar seminarlarga borsangiz, gap virtualizatsiya haqida ketsa,  faqat VMWare gapiriladi, shu asosida misollar beriladi :).  Agar kompyuteringiz resurslari kamroq bo’lsa(misol uchun RAM-4Gb), VirtualBox qo’yganingiz ma’qulroq, chunki VMWare ko’p resurs talab qiladi.

Virtual mashinalarni bir biriga export, import qilish mumkin, bu degani VirtualBox’da hosil qilingan virtual mashinalarni bemalol VMWare’da ko’tarish mumkin.

Agar yana qandaydir farqlarini bilsangiz, kommentariyada qoldiring, to’liq bo’lishi uchun, maqolaga qo’shib qo’yaman.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Elbek:

    Nega virtualboxni hamma kompyuterda ishlatib bolmayapti. Misol uchun o’zim uni o’rnatdim, linux yozmoqchi edim zapustit tugmasini bosganda eror boldi sabab nimada

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *