Blogning boshqa sayt turlaridan farqi yohud blogga qo’yiladigan 11 ta shart

Oldinga maqolada sayt qanday turlarda bo‘lishini yozib o‘tdim. Shunday turlardan biri bu — Blog hisoblanadi. Blog boshqa sayt turlariga qaraganda boshqacharoq yuritiladi. Uning o‘z mexanizmi, o‘z menyulari bo‘ladi, lekin sayt tarkibiga kiradi. Ko‘pchilik savol beradi: Sayt bilan blogning nima farqi bor? mani fikrimcha bu savol sal noto‘g‘riroq, chunki sayt umumiy tushuncha blog uning bir qismi xolos.
Blog boshqa sayt turlaridan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi.

1. Blogning birinchi(asosiy) sahifasi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yangi kiritilgan maqolalar sahifa boshida chiqadi, qolganlari pastga qarab ketaveradi. Blogning bosh sahifasi yangiliklar sahifasi ko‘rinishida bo‘ladi.

2. Blogda bir necha bo‘lim(rubrika)lar bo‘ladi, ular bloger tomonidan istalgancha hosil qilinishi mumkin, hattoki o‘zgartirilishi ham mumkin. Maqolalar bitta bo‘limga yoki bir necha bo‘limlarga tegishli bo‘ladi. Bo‘limlar o‘z navbatida qismlarga ham bo‘linishi yoki bo‘lim ichida bo‘lim ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bo‘limlar blogning asosiy tashkil etuvchilaridir.

3. Odatda bloglar bitta odam tomonidan yuritiladi, bu odam ham yozuvchi, ham moderator. ham adminitrator, ham dizayner bo‘ladi. Hamma narsaga o‘zi javobgardir.

4. Bloglarning admin paneli juda sodda ko‘rinishga ega bo‘ladi, u yerda ortiqcha narsalar bo‘lmaydi, rasm, vide qo‘yish bir ikki tugma orqali amalga oshiriladi. Bu, maqolani tez kiritish maqsadida qilinadi.

5. Bloglar yuritishda asosiy narsa kommentariya hisoblanadi. Har bir maqola uchun komentariya qoldirish imkoni bo‘lishi kerak. Boshqa turdagi saytlarda komentariya qo‘yish yoki qo‘ymaslik sayt egasiga bog‘liq bo‘ladi, bloglarda unday emas albatta kommentariya uchun forma bo‘lishi kerak.

6. Blogda bir necha statik sahifalar bo‘ladi, ular quyidagilar: bloger haqida, bloger bilan bog‘lanish, blog haqida,…

7. Blogda albatta yangi maqolalarga obuna bo‘lish funksiyasi bo‘lishi kerak yoki RSS kanal, shu orqali o‘quvchilar yangi maqolalardan habardor bo‘lishadi. Chunki maqolalar tez yangilangani(qo‘shilgani) uchun bunday xizmat bo‘lishi shart.

8. Blog dizayni zo‘r bo‘lishi shart emas. Bu oddiy kundalikdir. Bloger bu narsalarga unchalik e’tibor berib, vaqtini ketkazish shart emas.

9. Blogga reklamalar qo‘yish unchalik yaxshi fikr emas, axir bu kundalikku. Reklamalar tijorat maqsadida qo‘yiladi, shunchalik blogingiz kuchayib ketgan bo‘lsa, uni kuchaytirib blog maqomidan chiqaring va qo‘shimcha xizmatlar kiriting(onlayn maslahatlar, qo‘llanmalar,…).

10. Blog rivojlanishi uchun, ikki tomonlama ishlash kerak, bloger va foydalanuvchilar. Foydalanuvchilarning fikrini ham hisobga oling.

11. Blogda ko‘chirishlar bo‘lishi yaxshi emas. Barchasi(maqolalar, rasmlar, videolar) bloger tomonidan qilinishi zarur.

Hozirda haqiqiy bloglarni topish qiyin. Barchasida qo‘shimcha xizmatlar, raklamalar qo‘shilib ketgan, bunday ko‘rinishdagi veb sahifalar toza blog bo‘laolmaydi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. FDA’s treatment hours as and why on said for for drugs cialis pills echte worked.

  2. cialis online originale in farmacia — Best web drugstore to come to for effective drugs — zukunftspiloten.

  3. buy cialis pills has been shown to work in many clinical trials but it will not work for some men.

  4. Is there natural viagra-like medicine for women available in India — India Travel Forum | IndiaMike.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *