Boshlovchi blogerlarga 19 ta maslahat

Blog — bu internet kundalik hisoblanadi, bu kundalikni yurituvchi shaxs bloger deyiladi. Blogda blogerlar biror mavzuda o‘z fikr va mulohazalarini yozib, boshqalarga ham namoyon qilishadi.

Blog orqasidan yangi do‘stlar, yangi ishlar hattoki, qo‘shimcha mablag‘lar ham topishingiz mumkin. Bu sizning qanday fiklashingizga va o‘z fikringizni yoza bilishingizga bog‘liq.

Blog yuritish uchun, biror blogga oid sayt ochib, bu saytni o‘z maqollalaringiz bilan to‘ldirib  borishingiz lozim bo‘ladi. Ko‘pchilik blogerlik qilaman deb, o‘z saytlarini ochishadi va 1-2 oy ichidi bu ishni yig‘ishtirib qo‘yishadi. Maqolamda, blogerlikni endi boshlagan insonlarga bir necha maslahatlarni yozib o‘taman.

1. Blog yaratish uchun, bir necha bosqichlarni ko‘rib chiqing, ya’ni blogni kim tuzadi, qanday nom bilan internetga qo‘yiladi, qanday turdagi xosting olinadi, dizayni qay ko‘rinishga ega bo‘ladi vahakazo(logotip, reklama).

2. Ommabop mavzularda maqolalar yozing, solishtirish va faktlarga vaqtingizni ayamang. Eng asosiysi yozayotgan mavzularingizni o‘zingiz yaxshi biling va tushuning.

3. Maqolalar yozish davomiyligiga e’tibor bering, o‘zingizga biror reja tuzib oling, bitta maqola yozib, keyingisini 1 oydan keyin, keyingisini 2 haftadan keyin yozmang, bir tekisda yozishga harakat qiling.

4. Sabrli bo‘lishni o‘rganing. Siz yozayotgan maqolalar darhol o‘z mevasini bermasligi mumkin, buning uchun balki oylar kerak bo‘lar. Darhol boshlagan ishingizni yig‘ishtirib qo‘ymang.

5. Blog orqasidan pul topishga unchalik harakat qilmang, dastlabki oylarda esa bu haqida umuman o‘ylamang.

6. Blog yaratilgandan so‘ng, darhol qidiruv tizimlaridan(Google, Yandex)ro‘yxatdan o‘tkazmang, dastlab 20-30 ta maqola yozib, blogga kiriting, keyin blogingizni qidiruv tizimlariga tanishtiring.

7. Blog dizaynini iloji boricha soddaroq qiling, rang baranglik blogga mos emas, blog bu reklama maydoni emas.

8. Blogingizga ijtimoiy tarmoq funksiyalarini qo‘shing, albatta hammasini emas, eng mashxurlarini(facebook.com, ok.ru,…).

9. Blog ko‘rinishi tushunarli va qulay bo‘lishi lozim. Shriftlar ham aniq va ko‘zni charchatmaydigan bo‘lgani yaxshi.

10. Maqolalar ichida mashxur insonlarning gaplarini ham qo‘shing, lekin eng asosiysi o‘z fikringizni yozing.

11. Maqolalarda qiyin terminlarni ishlatmang, ishlatgan taqdiringizda ham ularni ochib yozing yoki bu terminlar yaxshi tushuntirilgan maqolalarga havola bering.

12. Bilinki, sizning maqolalarni har xil dunyoqarashga ega insonlar o‘qiydi, siz bularni inobatga olgan holda faqat insonlar uchun yozing, qandaydir qidiruv robotlari uchun emas.

13. Blogingiz mavzusidagi boshqa bloglar bilan maqolalar va maqolalarga havolalar almashing, bu blogingiz rivoji uchun kerak.

14. Blogga reklamalar qo‘yishda e’tiborliroq bo‘ling, reklama blogning dizaynini buzadi va uni ishlashini sekinlashtiradi(agar katta hajmdagi bannerlar bo‘lsa).

15. Blogingizda rasm va videolardan foydalaning, chunki bular orqali sayt qiziqroq va mavzu tushunarliroq bo‘ladi, agar xostingda joyingiz kam bo‘lsa, video fayllarni cloud’da saqlang.

16. Blog o‘quvchilarini hurmat qiling, ularni har bitta murojaatlarini ko‘rib, shunga yarasha albatta javob yozing.

17. Maqolalar darajasini bilish uchun kommentariya yozish imkonini qoldiring.

18. Blogingizda albatta siz bilan bog‘lanish imkonini beruvchi forma yaratib qo‘ying.

19. Blog ichida faqat maqolalar emas, o‘quvchini biroz dam oldiradigan qiziqarli xizmatlarni ham qo‘shsangiz yomon bo‘lmaydi(anekdotlar, kichik o‘yinlar, qiziqarli rasmlar).

Hozircha shular, agar sizja ham qandaydir foydali fiklar bo‘lsa yozib yuboring.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. Ushbu sayt qaysi dasturlash tillaridan foydalanilgan yoki frameworklarmi

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *