Denwer va WAMP haqida

Veb sohasida, asosiy ishlarni veb dizaynerlar, veb dasturchilar amalga oshirishadi. Dizaynerlik qobiliyati bo‘lmaganlar, veb dasturchilik bilan shug‘ullanishadi. Dastlab ular html, css da kodlar yozishni boshlashadi. Keyin dasturlashga o‘tib, php, java, asp, perl lardan birini tanlab, o‘z faoliyatlarini davom ettirishadi. Ko‘pchilik php veb dasturlash tilini tanlashadi, chunki bu til qolganlariga qaraganda biroz soddaroqdir.

PHP serverli dasturlash tili hisoblanadi, ya’ni kodlar serverda qayta ishlanadi, bu degani server kerak bo‘ladi(Apache). Undan so‘ng ma’lumotlar saqlanishi uchun ma’lumotlar bazasi kerak bo‘ladi(MySql). Ko‘rinib turibdiki, bitta sayt qilish uchun bir necha dasturlarni o‘rnatish kerak. Bu maqolamda yuqoridagi barcha dasturlarni o‘zida to‘plagan DENWER muhitini ko‘rib chiqamiz.

Denwer(джентльменский набор Web-разработчика. (d.n.w.r.)) —  bu bir necha distributivlar va dasturlar yig‘indisi bo‘lib, Windows operatsion tizimida, internetga ulanmagan holda, saytlar, veb sahifalar, veb dasturlar yaratishga mo‘ljallangan dasturdir. Uning asoschisi, php dasturchi —  Dmitriy Koterov hisoblanadi. Bu dasturni o‘rnatganingizdan so‘ng sizga quyidagi paketlar o‘rnatiladi va sayt yaratish uchun barcha sharoitlar yaratiladi:

  • Apache veb serveri. PHP kodlarini qayta ishlovchi muhit. Bu server SSI, SSL shifrlashlar bilan ham ishlay oladi.
  • PHP intrepretatori. Yozilgan php kodlarni moshina tiliga o‘girib beradi.
  • MySql ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT). Yaratiladigan sayt ma’lumotlari saqlanadigan joy. Bazadan php kodlari orqali ma’lumotlar chiqarib olinadi.
  • Barcha xizmatlarni o‘chirib yoquvchi(avtomatlarshtirilgan) fayllar(start, stop, restart).
  • MySql MBBT ni boshqarish uchun, php veb dasturlash tilida yozilgan phpmyadmin nomli admin panel.
  • Pochta xizmatlari bilan ishlovchi sendmail va SMTP emulyatorlari. Bu emulyatorlar PHP, PERL tillari bilan ishlay oladi.

Vaboshqalar…

DENWER dasturi Freeware hisoblanadi. Bu degani uni ko‘chirish va o‘rnatish bepuldir. Faqtgina bu dasturni o‘rnatib, yaxshilab sozlab olish lozim. Boshlovchi veb dasturchilar sozlashda biroz qiynalishlari mumkin, tajriba to‘plab olganlaridan so‘ng, bu ishdan oson ish bo‘lmay qoladi.

Denwerning quyidagi imkoniyatlari mavjud:

1. O‘rnatish juda sodda.

2. Veb server va ma’lumotlar bazasini birgina klik orqali ishga tushirib, to‘xtatishingiz mumkin.

3. Dastur hajmi ham kichik(10 mb dan kam).

4. Dastur o‘rnatilganda, tizimda faqat bitta papka hosil bo‘ladi va barcha ishlar shuni ichida amalga oshiriladi.

5. Virtul xostlar yaratadi va uni avtomat boshqaradi.

6. Ma’lumotlar bazasi uchun veb interfeys mavjudligi(phpmyadmin).

7. Elektron xatlar jo‘natish uchun sendmail emulyatori mavjudligi.

8. Dasturni bir marotaba o‘rnatsangiz bo‘ldi, keyinchalik shu o‘rnatilgan fayllarni ko‘chirib boshqa yerda ham ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.

Hullas, agar siz veb dasturlash bilan shug‘ullanishni endi boshlagan bo‘lsangi, bu dastur siz uchun juda muhim. Keyinchalik(biroz tajriba to‘plaganingizdan so‘ng) Apache, php, Mysql larni o‘zingiz bittama bitta o‘rnatib, o‘rganib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

Bunday kompleks dasturlar yig‘indisi WAMP deyiladi. Bular o‘rnatilib, birdaniga dasturlash imkonini beradi. WAMP bu – Windows, Apache, MySql, PHP deganidir. Denwerdan boshqa yana quyidagi WAMP dasturlari mavjud:

  • XAMPP
  • EasyPHP
  • VertrigoServ
  • WampServer
  • MoWeS Portable
  • AppServ
  • Open Server
  • Endels
  • Uniform Server
  • Usbwebserver.
Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

  1. wamp da qomen qanday qilinadi????

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *