Internet foydalanuvchilar orasida mashur bo’lgan termin GitHub nima?

Internet foydalanuvchilar, dasturchilar, dizaynerlar, hullas internet bilan doimo hamroh bo’lganlar yangi terminga duch kelishdi, bu termin GitHub deb ataladi. Qandaydir ochiq kodli dasturlar, skriptlar, fayllarni ko’chirmoqchi bo’lsangiz, havola to’g’ridan to’g’ri github.com saytiga sizni o’tkazadi. Ko’pchilik bu sayt nima ekanligini, qanday xizmatni taklif qilishni bilmasdan, kerakli fayllarni boshqa saytdan qidirishni boshlashadi, vaholanki github eng qulay va yengilidir.

Github — IT loyihalar uchun eng katta veb xosting hisoblanadi. Yengilroq tushuntiradigan bo’lsa, sizning kodlaringiz uchun bulut(cloud)li xostingdir, ya’ni mashhur DrobBox xizmati yoki o’zimizning dump.uz’dga o’xshagan xizmat turi.

Bu bulutli xostingda siz o’z kodlaringizni bepul saqlaysiz. Sizning kodlarni boshqalar ham ko’rishi, ko’chirib olishi, hattoki o’zgartirishi ham mumkin. Shuning uchun bu xizmatdan kerak paytda foydalanish kerak.

Qaysi hollarda github’dan foydalanish lozim? Bu savolga oddiy qilib guruh bo’lib biror loyiha tuzadigan bo’lsangiz yoki kodlaringiz ishonchli joyda saqlanishini hohlasangiz,  bundan foydalanish juda qulay. Har bir loyiha a’zosi o’z qismini kiritib boraveradi, kiritilgan qismlarni qolgan foydalanuvchilar ham online kuzatib borishadi. Agar biror xatolik bo’lsa, bemalol eski holatga qaytish ham mumkin bo’ladi.

Yana bir yaxshi tomoni shundaki, biror faylni o’zgartirsangiz, boshqa odam shu faylni aynan qayerini o’zgartirganingizni bemalol bilib olishi mumkin, ikkita fayl(eski va o’zgartiilgan) online solishtirilishi mumkin.

Bu hizmat, GitHub. Inc kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan va Ruby tilida tuzilgan.

Biroz ma’lumotga ega bo’lgan bo’lsangiz, bu xizmatni afzalliklarini yozib o’taman:

— ishlatish bepul;

— ro’yhatdan o’tish shart emas(ko’chirib olish uchun);

— guruh bo’lib loyihalar tuzishda juda qulay;

— fayllarni online solishtirish imkoni mavjud;

— o’zgartilgan fayllarni eski holiga qaytarish mumkin;

— kompyuteringiz buzilib qolsa, istalgan joydan(albatta internet mavjud kompyuterdan) o’z fayllaringizni github orqali ko’chirib olishingiz mumkin;

— o’zgartirilgan fayllarni tushuntirish uchun kommentariyalar qoldirish mumkin.

Yuqoridagilardan boshqa afzalliklar ham mavjud, buni faqat ishlatib ko’rib bilishingiz mumkin.

Wikipedia internet kutubxonasini yozishicha, bu xizmatdan katta IT kompaniyalar ham foydalanar ekan: Facebook, Google, Yahoo,…

Xulosa qiladigan bo’lsam, Github, hozirgi kunda dasturchilar orasida juda mashhur bo’lib ketgan xizmat turi bo’lib, istalgan ochiq kodli dasturlarni shu yerdan topishingiz, hattoki o’zgartirishlarni ham amalga oshirishingiz mumkin bo’ladi.

Github’dagi kodlar orqali o’z bilimingizni oshirishingiz, guruh-guruh bo’lib IT loyihalar tuzishingiz, eng kamida o’z kodlaringizni bulutli xostingda ishonchli saqlashingiz mumkin bo’ladi.Freelancer(masofaviy ishchi) lar ham bu xizmatdan keng foydalanishmoqda.

Yanayam tushunarli bo’lishi uchun misol, ijtimoiy tarmoqlar(facebook, odnoklassniki,…)da siz o’z rasmlaringizni joylashtirsangiz, github’da o’z kodlaringizni saqlashingiz mumkin.

GIthub bilan ishlashni, github.com saytiga kirishdan boshlashingiz mumkin.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *