IT sohasiga oid yangi savol-javob sayti

qaAkmx.uz sayti foydalanuvchilari taklifini o‘rganib chiqgan holda, yangi savol-javob loyihasini tuzdim va bu loyihaga,  ask.akmx.uz deb nom berdim. Bu loyiha IT sohasiga oid savol-javoblardan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Loyihada, IT sohasiga tegishli bo‘lmagan savollar va «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunga zid barcha savollar o‘chirib boriladi(bloklanmaydi).

Bu loyiha qandaydir yangi narsa emas, boshqa tillarda ancha oldin yaratilgan bo‘lib, o‘zbek tilidagi saytlar ichida ham birinchilardan emas. Shunday bo‘lsa ham, bu saytni ochib, uzoq vaqt yuritish niyatidaman.

Sayt haqida gapiradigan bo‘lsam, dastlab har bir foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tadi. So‘ng o‘z savol va javoblarini kiritib borishi mumkin bo‘ladi, har bir savol va javob kuzatib boriladi, agar biroz qonunga hilof gap yozilsa, darhol o‘chirib tashlanadi va foydalanuvchi ma’lum vaqtga bloklanadi.

Saytdagi savol va javoblarga ovoz berish, ularning egalari bilan alohida yozishish, agar savol va javoblar biroz xato ketgan bo‘lsa, ularni to‘g‘irlash imkoniyatlari mavjud, lekin buning uchun ballar yig‘ib ma’lum bir darajaga chiqgan bo‘lish lozim.

Saytda 7 turdagi darajalar mavjud:

Mehmon

Abituriyent

Bakalavr

Magistr

Dotsent

Professor

Akademik

Har bir darajaga erishish uchun, ma’lum bir bal to‘planishi lozim, darajalar asosida esa siz saytdagi savol va javoblarni boshqarishingiz mumkin.

Sayt bo‘limlari ham aniq qilib berib qo‘yilgan, foydalanuvchilarning fikri asosida ularni o‘zgartirish mumkin.

Saytdan foydalanib ko‘ring va fikrlaringizni beckbumer@mail.ru pochtasiga jo‘nating!

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *