WWW va HTML haqida

WWW(World Wide Web) nomi Tim Berners LEE tomonidan CERN(yevropa yadro markazi tadqiqotchilari) laborotoriyasida kiritilgan bo’lib, butun jahon o’rgimchak to’risi deb ataladi.

WWW da turli yo’llar orqali tegishli ma’lumotga(matn, rasm, video,…) yetib borish va uni ko’rish mumkin. WWW da nuqtalar rolini kompyuter o’ynaydi ya’ni kompyuter ip adresslari. Yo’llar sifatida asosan telefon yo’llari, simsiz aloqa yo’llari va maxsus tarmoqlar ishlatiladi. Internetda biror bir sayt nomini kiritsangiz, siz shu sayt saqlangan serverga murojaat qilgan bo’lasiz, ya’ni kompyuter adresi (IP adress)ni kiritgan bo’lasiz.
Foydalanuvchilarga qulaylik tug’dirish maqsadida IP adresslar matn ko’rinishiga keltirilgan(eslab qolishda qiyinchilik bo’lmasligi uchun). Misol uchun, http://www.sayt_nomi.uz, shu nomga oid adres 190.25.150.2 shaklida bo’lishi mumkin. Bundan xulosa chiqadiki, sayt adresiga sayt nomi yoki serverning sonli adresini yozib kirish mumkin.

WWW yoki Web da ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatnning o’zi esa boshqa matnli hujjatlarga yo’l ko’rsatadi. Demak, matnlar qaysi mamlakatning serverida turishidan qat’i nazar, tezda o’tish imkoniyatini beradi. Matnlar bilan bir qatorda Web hujjatlarida rangli harakatdagi tasvirlarni, turli video kliplarni, umuman multimedia ma’lumotlarini ham ko’rish mumkin. Web da ma’lumotlar sahifa ko’rinishida beriladi. Bu sahifalar odatda, HTML hujjat, ya’ni HTML(Hyper Text Markup Language – gippermatnni belgilash tili) tilida(umumiy holda til deyilmoqda, aslida dasturlash tili emas) yozilgan hujjat deb qaraladi. Bu holda yozilgan hujjatlarni ko’rish uchun maxsus dasturlar ishlatiladi. Bunday dasturlar Browser lar deyiladi. Brouzerlar gippermatnli(kodli) sahifalarni foydalanuvchi tushunadigan tilga o’zgartirib beradi. Bu dasturlarning bir qancha turlari mavjud. Xususan ulardan ko’p ishlatiladigani Internet Explorer, Opera, Xrom, Mozilla va boshqalardir. O’z navbatida bu Browser lar ham o’z versiyalariga ega. Windows muhitida standart ishlatiladigan Browser bu Internet Explorer dir.

Hujjatni barcha kompyuterlar tushunadigan holda ko’rsatish uchun kompyuterlarning tushunadigan yagona tilini bilish lozim bo’ladi. Shu sababli World Wide Web da qo’llaniladigan HTML tili barpo etildi. Ushbu tilni birinchi bo’lib Tim Berners-Li ishlab chiqdi.

WWW sistemasidan qandaydir hujjat yoki xabar olsangiz, ekranda yaxshi formatlangan, o’qish uchun qulay matn paydo bo’lganligini ko’rasiz. Bu shuni anglatadiki, www hujjatlarida ma’lumotlarni ekranda boshqarish imkoniyati ham mavjud. Siz foydalanuvchining qaysi kompyuterda ishlashini bilmaysiz va www hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga mo’ljallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini oldindan ayta olmaysiz. Ammo kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat’i nazar yaxshi formatlangan hujjatni olishi kerak bo’ladi. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. U hujjatning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo’lmagan buyruqlar majmuidan iborat.

HTML WWW sistemasi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML tili biz bilgan C++, Java va boshqa dasturlash tillari kabi to’g’ri ma’nodagi dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML yordamida operastion tizimlarda ishlaydigan to’laqonli dastur yoza olmaymiz(html da for, if, while kabi buyruqlar yo’q). HTML bu Internet tarmog’idagi Web – serverida joylashtirilgan hujjatlarni ko’rish imkoniyatini beradigan sahifalar yaratishga mo’ljallangan gipermptnni belgilash tili hisoblanadi.

HTML gippermatn tilidagi buyruqlar teg(tag) lar deyiladi. Har bir tegning o’z vazifasi bo’lib, matn va boshqa ma’lumot turlarini foydalanuvchiga qulay shaklda etkazish uchun xizmat qiladi. Bu gippermatn tilining ham o’z versiyalari mavjud, chiqariladigan har bir versiyada HTML gippermatn tiliga yangi teglar qo’shilib boriladi va shu tariqa rivojlanib boradi.

Sayt rivoji uchun:
WMZ: Z836706717358 | WMR: R867554721177 | WebSum: 5417 | Yandex money: 410014095336909
Boshqalar ham bilsin(Share):
Ko'proq videolar uchun Youtube kanalimga obuna bo'ling

Quyidagi maqolalar ham sizga qiziq bo'lishi mumkin

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *